Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida halollik va korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2026-07-07 17:25:00 / Yangiliklar

2026-yil 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Sh. Gulamov boshchiligida halollik, xizmat odob-axloqi, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ–1155-son Qonuni bilan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, davlat organlarida halollik tamoyillarini mustahkamlash, manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha joriy etilgan yangi talablar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, Sh. Gulamov korrupsiyaga oid besh turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan endilikda jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qoidalari qo‘llanilmasligini ta’kidladi. Qayd etilganidek, mazkur norma korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, jazoning muqarrarligi prinsipini yanada kuchaytirish hamda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
