Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida komplayens nazorati: korrupsiyaga qarshi samarali mexanizm
2025-12-22 10:05:00 / Yangiliklar

Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligida Komplayens nazorati - korrupsiyaning oldini olish, qonunlarga rioya etilishini ta’minlash va boshqaruvda shaffoflikni kuchaytirishning muhim mexanizmidir. Komplayens nazorati (compliance control) - vazirlik va idoralarda faoliyatning amaldagi qonunchilik, ichki me’yoriy hujjatlar, axloqiy kodeks va xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan tizimdir.
Komplayens nazoratining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va baholash
Qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish
Ichki hujjatlar va tartiblarni ishlab chiqish
Xodimlarni o‘qitish va xabardorligini oshirish
Monitoring va ichki tekshiruvlar
Xabar berish kanallarini joriy etish
