Mo‘g‘uliston Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2025-10-02 18:00:00 / Yangiliklar va voqealar

2025-yil 2-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daadanxuu Batbaatar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida oliy darajadagi tashrif yakunlari bo‘yicha kelishuvlar ijrosi hamda O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston munosabatlarining joriy holati muhokama qilindi.
