O‘zbekiston delegatsiyasining Bolgariyaga amaliy tashrifi
2025-05-16 17:55:00 / Yangiliklar va voqealar

O‘zbekiston delegatsiyasining Sofiyaga tashrifi doirasida 15-may kuni Bolgariya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Prezident Administratsiyasi rahbari G.Donev O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi va ikki tomonlama munosabatlarning ijobiy dinamikasini qayd etdi.
Uchrashuvda oliy darajadagi bo‘lajak tashrifning protokol masalalari yuzasidan mazmunli muzokaralar olib borildi va imzolanishi rejalashtirilgan ayrim hujjatlar ro‘yxati ko‘rib chiqildi.
