Qatar elchisi bilan uchrashuv
2025-03-13 14:00:00 / Yangiliklar va voqealar

13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Qatar davlatining O‘zbekistondagi elchisi Hasan bin Hamza Hoshim bilan uchrashdi.
Yig‘ilishda o‘zbek-qatar munosabatlarining hozirgi holati va strategik sherikligini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Oliy darajadagi muzokaralar doirasida erishilgan kelishuvlarning to‘liq amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.
Tomonlar, shuningdek, turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasi va kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar.