Fransiya elchisi bilan uchrashuv
2025-02-18 17:15:00 / Yangiliklar va voqealar

18-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Fransiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Fransiya hamkorligining Afg‘oniston yo‘nalishidagi bugungi holati, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
O.Bushez O‘zbekistonning Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish va ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qo‘shgan salmoqli hissasini alohida e’tirof etdi.
