Eron elchisi bilan uchrashuv haqida
2025-02-07 10:25:00 / Yangiliklar va voqealar

2025 yil 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Elchisi Muhammadali Iskandariy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar.
Shuningdek, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.