Qatar elchisi bilan uchrashuv haqida
2025-02-06 22:00:00 / Yangiliklar va voqealar

6-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Qatar davlatining mamlakatimizdagi elchisi Hasan bin Hamza Hoshim bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Qatar strategik sherikligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinib, oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarning to‘liq amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan vazifalar belgilab olindi. Tomonlar, shuningdek, turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar.