O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Tojikiston elchisi bilan uchrashdi
2025-12-25 17:00:00 / Yangiliklar va voqealar

25-dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Tojikistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nasredin Ismatullo bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston–Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining 2025-yildagi asosiy yutuqlari atroflicha tahlil qilinib, barcha sohalarda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgani ta’kidlandi.
Shuningdek, kelgusi yil uchun kun tartibini shakllantirishga, jumladan oliy va yuqori darajadagi muloqotlar uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilashga, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga hamda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
