O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Saudiya Arabistoni elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
2025-12-25 14:00:00 / Yangiliklar va voqealar

25-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Saudiya Arabistoni Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yusuf Al-Utaybiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Elchining mamlakatimizdagi faoliyati yuqori baholanib, kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi.
