DIQQAT, E’LON!
2026-07-15 16:30:00 / Vazirlik yangiliklar

📣 DIQQAT, E’LON!
Ertaga, 16-iyul kuni soat 10:00 da Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi binosida “Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamlashtirish va zamonaviy yondashuvlar” mavzusida "Ochiq eshiklar kuni" hamda matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Tadbir doirasida:
🔹 kommunal sohani raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹 uy-joy fondini boshqarish tizimidagi islohotlar;
🔹 issiqlik ta’minoti, ichimlik suvi va oqova suv sohalaridagi yangilanishlar;
🔹 sohada erishilayotgan natijalar va kelgusidagi rejalar haqida ma’lumotlar taqdim etiladi.
Tadbirga barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik faollarini taklif etamiz.
📲Murojaat uchun telefon: 90 900 92 10
