Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida navbatdagi qabul bo'lib o'tdi
2026-07-15 17:30:00 / Vazirlik yangiliklar

Unda tuman qurilish bo‘limlari mutaxassislari tomonidan 82 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, har bir masala alohida yondashuv asosida o‘rganildi.
Murojaatlarning asosiy qismini yer maydonlarini xususiylashtirish, qurilish uchun ruxsatnomalar olish tartibi, o‘zboshimchalik bilan barpo etilgan noqonuniy qurilmalar hamda loyiha hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish kabi dolzarb masalalar egalladi. Mutaxassislar tomonidan fuqarolarga amaldagi tartib va talablar asosida batafsil huquqiy tushuntirishlar hamda amaliy tavsiyalar berildi.
Qabul davomida ayrim murojaatlar vakolat doirasida ko‘rib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan 1 ta murojaat bo‘yicha esa masalani joyiga chiqqan holda o‘rganish belgilandi.



