Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida
2026-07-14 16:50:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida fuqarolar qabuli tashkil etilib, aholini qiynayotgan masalalar mutaxassislar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi. Qabul davomida 90 ga yaqin murojaatlar tinglandi.
Unda ko‘tarilgan asosiy masalalar:
- aholi roziligisiz olib borilayotgan qurilish ishlari;
- yakka tartibdagi uy-joylarni qurishga qo‘yiladigan talablar;
- ruxsatnoma olish tartibi;
- qo‘shnilar o‘rtasida qurilish bilan bog‘liq kelishmovchiliklar;
- qizil hududga tushgan turar va noturar obyektlar kabi murojaatlardan iborat bo‘ldi.
Har bir murojaat tuman qurilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan batafsil o‘rganilib, amaldagi qonunchilik asosida zarur huquqiy tushuntirishlar berildi hamda fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.



