Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tizimida navbatdagi siyosiy-maʼrifat soati tashkil etildi
2026-07-10 10:10:00 / Vazirlik yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida navbatdagi siyosiy-maʼrifat soati oʻtkazildi. Tadbir davomida xodimlar dolzarb mavzular yuzasidan siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlab, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbirda xodimlar milliy liboslarda ishtirok etishi qadriyatlarimizni eʼzozlash, oʻzlikni anglash va ularni keng targʻib etishga xizmat qilmoqda.
Ayni paytda siyosiy-maʼrifat soatlari vazirlikning hududiy boshqarmalari hamda barcha tizim tashkilotlarida izchil davom ettirilmoqda.



