EʼLON
2026-06-15 15:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Markazlashgan ichimlik suvi taʼminoti yetib bormagan qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha davlat ijtimoiy buyurtmalarini amalga oshirish loyiha boshqaruvchisini tanlab olish yuzasidan tanlov oʻtkazish haqida
EʼLON
Oʻzbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-fevraldagi 93-son qaroriga asosan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi “Markazlashgan ichimlik suvi taʼminoti yetib bormagan qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha davlat ijtimoiy buyurtmalarini amalga oshirish loyiha boshqaruvchisini tanlab olish yuzasidan tanlov oʻtkazish haqida” eʼlon qiladi.
Tanlovda faqatgina nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda gʻolib boʻlgan NNT Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan beriladigan Davlat ijtimoiy buyurtmalarini amalga oshirishda loyiha boshqaruvchisi etib belgilanadi.
1. Davlat ijtimoiy buyurtmasining tavsifi, amalga oshiriladigan hududi va qamrab olinishi lozim boʻlgan xonadon va aholi soni haqidagi maʼlumotlar:
|
T/r |
Davlat ijtimoiy buyurtmasining tavsifi |
Hudud nomi |
Ichimlik suvi bilan qamrab olinishi lozim boʻlgan xonadon va aholi soni |
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun ajratilgan mablagʻ |
|---|---|---|---|---|
|
1. |
Ichimlik suvi taʼminotini yoʻlga qoʻyish |
Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Beshqutan” MFY aholi yashash punktini ichimlik suvi bilan taʼminlash (loyiha-qidiruv ishlari) |
636 xonadon 3 225 aholi |
185,0 |
|
2. |
Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Darcha” MFY aholi yashash punktini ichimlik suvi bilan taʼminlash (loyiha-qidiruv ishlari) |
1 186 xonadon 6 030 aholi |
220,0 |
|
|
3. |
Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Qozoqli” MFY Uzunquduq qishloq aholi yashash punktini ichimlik suvi bilan taʼminlash (loyiha-qidiruv ishlari) |
510 xonadon 3 120 aholi |
200,0 |
|
|
4. |
Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Qorabayir” MFY Qorabayir qishloq aholi yashash punktini ichimlik suvi bilan taʼminlash (loyiha-qidiruv ishlari) |
874 xonadon 4 120 aholi |
200,0 |
|
|
5. |
Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Soy boʻyi” MFY aholi yashash punktini ichimlik suvi bilan taʼminlash (loyiha-qidiruv ishlari) |
530 xonadon 3 020 aholi |
185,0 |
|
|
6. |
Namangan viloyati Namangan tumani "Qirgʻizqoʻrgʻon" MFY aholi yashash punktini ichimlik suvi bilan taʼminlash (loyiha-qidiruv ishlari) |
508 xonadon 2 993 aholi |
175,0 |
|
|
7. |
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani “Fayzikent” MFY aholi yashash punktini ichimlik suvi bilan taʼminlash (loyiha-qidiruv ishlari) |
775 xonadon 3 775 aholi |
160,0 |
|
|
8. |
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani “Qoʻshtepa” MFY aholi yashash punktini ichimlik suvi bilan taʼminlash (loyiha-qidiruv ishlari) |
796 xonadon 3 420 aholi |
170,0 |
|
|
9. |
Fargʻona viloyati Beshariq tumani “Gambay” MFY aholi yashash punktini ichimlik suvi bilan taʼminlash (loyiha-qidiruv ishlari) |
705 xonadon 4 315 aholi |
190,0 |
|
|
10. |
Fargʻona viloyati Furqat tumani “Gʻallakor” MFY aholi yashash punktini ichimlik suvi bilan taʼminlash (loyiha-qidiruv ishlari) |
680 xonadon 2 380 aholi |
160,0 |
|
|
11. |
Fargʻona viloyati Rishton tumani “Guliston” MFY aholi yashash punktini ichimlik suvi bilan taʼminlash (loyiha-qidiruv ishlari) |
634 xonadon 3 430 aholi |
160,0 |
|
|
12. |
Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani “Darxan” MFY aholi yashash punktini ichimlik suvi bilan taʼminlash (loyiha-qidiruv ishlari) |
380 xonadon 1 840 aholi |
135,0 |
|
|
13. |
Toshkent viloyati Piskent tumani “Suvti” MFY aholi yashash punktini ichimlik suvi bilan taʼminlash (loyiha-qidiruv ishlari) |
556 xonadon 2 926 aholi |
150,0 |
2. Davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida loyihalar doirasidagi ishlar 2026-yil 15-sentyabrga qadar yakunlanishi zarur.
3. Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
- nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ariza;
- davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
- nodavlat notijorat tashkiloti ustavining nusxasi;
- davlat ijtimoiy buyurtmalari asosida amalga oshiriladigan loyihalarga ushbu loyihalar amalga oshiriladigan hudud aholisidan va (yoki) homiylik xayriyalari yoki qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan ulush jalb etishning kafolatli miqdori haqidagi hujjatlar;
- davlat ijtimoiy buyurtmalarini optimal va samarali amalga oshirish boʻyicha texnik yechimlar toʻgʻrisida takliflar;
- davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida barpo etilgan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini (inshootlarini) samarali ekspluatatsiya qilish boʻyicha institutsional takliflar;
- davlat ijtimoiy buyurtmasida loyiha boshqaruvchisi sifatida ishtirok etish xarajatlari miqdori.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nodavlat notijorat tashkilotlari tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tanlov oʻtkazish tartibi asosida hujjatlarni taqdim etishlari zarur.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nodavlat notijorat tashkilotlari tanlov oʻtkazish tartibini dibtanlov@mc.uz elektron pochta manziliga murojaat etgan holda olishlari mumkin.
dibtanlov@mc.uz elektron pochta manzili orqali tanlov oʻtkazish tartibi yuborilgan NNTlar tanlov ishtirokchilari sifatida roʻyxatga olinadi, roʻyxatga olinmagan NNTlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning sifatiga va tanlov talablariga mosligiga tanlov komissiyasi javobgar hisoblanmaydi.
Tanlovda ishtirok etish yuzasidan hujjatlar 2026-yilning 15-iyunidan 2026-yil 15-iyul soat 16:00 ga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Yangi Toshkent hududi manzilida qabul qilinadi.
Koʻrsatilgan muddatdan keyin kelib tushgan takliflar rad etiladi.
