Vazirligida FIDIC xalqaro shartnomalari bo‘yicha o‘quv-trening mashg‘ulotlari bo'lib o'tmoqda
2026-06-11 11:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida FIDIC xalqaro shartnomalari bo‘yicha o‘quv-trening mashg‘ulotlari bo'lib o'tmoqda
Mazkur o‘quv kurslari Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Andijon, Chirchiq, Buxoro va Samarqand shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.
Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xalqaro shartnomalar bilan ishlash jarayonlariga jalb etilgan mutaxassislarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, ularning kasbiy salohiyatini yanada mustahkamlashdan iborat.
O‘quv mashg‘ulotlarida vazirlikning tegishli boshqarma va bo‘limlari, tizim tashkilotlari vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etyapti.
Trening davomida FIDIC xalqaro shartnomalarining amaliy qo‘llanilishi, loyihalarni boshqarishdagi zamonaviy yondashuvlar hamda xalqaro standartlar asosida ish yuritish mexanizmlari yuzasidan muhim ma’lumotlar taqdim etilmoqda.




