Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruv va davlat xizmatlarini soddalashtirish masalalari muhokama qilindi
2026-06-08 19:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruv va davlat xizmatlarini soddalashtirish masalalari muhokama qilindi
Bugun vazirlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-iyundagi “Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni joriy etish hamda sohada davlat xizmatlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–104-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi mutasaddilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv tizimini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari hamda sohaga oid davlat xizmatlarini aholiga va tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay, shaffof va tezkor ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
Suhbat davomida Farmon bilan belgilangan vazifalar, xususan, qurilish jarayonlarini boshqarishda samaradorlik ko‘rsatkichlarini joriy etish, byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Davra suhbati yakunida PF–104-sonli Farmonning ijrosini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish, qurilish sohasida boshqaruv samaradorligini oshirish hamda davlat xizmatlarini soddalashtirish bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.



