Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Qo‘qon shahri Muqimiy shaharchasida bo’lib turibdi
2026-06-02 20:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Qo‘qon shahri Muqimiy shaharchasida barpo etilayotgan Madaniyat va ma’rifat markazi qurilish jarayoni bilan ham tanishdi.
Mazkur markaz hudud aholisining madaniy hordiq chiqarishi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi hamda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish uchun zamonaviy maskan bo‘lib xizmat qiladi.
Qurilish ishlari bilan yaqindan tanishgan vazir o‘rinbosari obyektni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.
Shuningdek, markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yishda hudud aholisining, ayniqsa, yoshlarning ehtiyoj va qiziqishlarini inobatga olish muhimligi ta’kidlandi.
Ushbu loyiha Muqimiy shaharchasi infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining madaniy hayotini boyitish hamda hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.



