Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Qo‘qon shahri Muqimiy shaharchasida bo’lib turibdi
2026-06-02 18:25:00 / Vazirlik yangiliklar

Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Qo‘qon shahri Muqimiy shaharchasida bo’lib turibdi.
Qo‘qon shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va yangilanish ishlari shaharning ko‘rki hamda infratuzilma salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.
Xususan, Muqimiy shaharchasining infratuzilmasini yaxshilash, aholining issiqlik ta’minoti bilan bog’liq muammolarini hal etish, hudud qiyofasini o’zgartirish yuzasidan salmoqli ishlar boshlangan.
Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva hududda bo’lib, mazkur ishlarning borishi bilan tanishdi. Aholi bilan suhbatda bo’lib, ularga amalga oshirilayotgan loyihalarning mazmuni haqida ma’lumot berdi.
- Har bir o’zgarish, har bir loyiha ortida siz aholimizning qulay va xavfsiz sharoitini ta’minlash maqsadi yotibdi. Hurmatli yurtboshimiz topshiriqlari bilan hududingiz obod makonga aylanadi, - dedi Ozoda Jo’rayeva.
Shuningdek, vazir o’rinbosari mahalla aholisining sohaga doir muammolarini o’rgandi va joyida masalalar ijobiy yechimini topdi.



