Yangiyer shahri go'zal maskanga aylanmoqda
2026-06-01 11:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridagi "Ma'rifat" mahallasida joylashgan ko'p qavatli uylarning qiyofasi zamonaviy ko'rinishga keltirilmoqda. Mazkur ishlar fuqarolar uchun qulay sharoit va yashash muhitini yanada yaxshilash maqsadida olib borilyapti.
Hududda 172 ta ko'p qavatli uyni ta'mirlash va obodonlashtirish maqsadida mahalliy budjet mablag'lari hisobidan birinchi bosqichda jami 19 mlrd so'm ajratilishi belgilangan bo'lib, bosqichma-bosqich moliyalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, pudrat tashkilotlari tomonidan ko'p qavatli uylarni fasad qismi, kirish yo'laklari va piyodalar yo'laklarini beton qoplamasi bilan qoplash ishlari bajarilyapti. Qolaversa, ko'p qavatli uylarning tutash hududlaridagi noqonuniy qurilishlar bartaraf etilib, texnikalar va ishchi xodimlar yordamida tozalash ishlari ham shiddat bilan amalga oshirilmoqda.


