Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-05-22 18:10:00 / Vazirlik yangiliklar

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi vakili so‘zga chiqib, bugungi kunda barcha sohalarda korrupsion jinoyatlarga qarshi kurashish, shuningdek, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, departament vakili tomonidan o‘tkazilayotgan tezkor tadbirlar natijalari, korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda noqonuniy yo‘lga kirib, o‘z faoliyati va hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan ayrim davlat xizmatchilariga nisbatan o‘tkazilgan amaliy tadbirlar haqida so‘z yuritildi.
Tadbir yakunida boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi so‘zga chiqib, jamiyatda sodir etilgan har qanday jinoyat uchun jazo muqarrar ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, barcha xodimlarni korrupsiyadan yiroq bo‘lishga, noqonuniy xatti-harakatlardan ogoh bo‘lishga hamda doimo hushyorlikni saqlashga chaqirdi.


