“ToshuyjoyLITI” AJda faxriylar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
2026-05-15 14:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining 431-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Arxitektura va qurilish sohasi Faxriylar kengashi raisi K.Tulyaganov tashabbusi bilan “ToshuyjoyLITI” AJda faoliyat yuritayotgan faxriylar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuv davomida sohani yanada rivojlantirishda faxriylarning boy hayotiy va kasbiy tajribasidan samarali foydalanish, zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga keng joriy etish, milliy arxitektura an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, shuningdek, shahar hududlaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, faxriylarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda sohadagi dolzarb masalalarni hal etish jarayonlariga ularni faol jalb qilish yuzasidan qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.



