Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida navbatdagi siyosiy-ma’rifiy soat tashkil etildi
2026-05-15 11:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun, ya’ni 15-may kuni an’anaga muvofiq Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida navbatdagi siyosiy-ma’rifiy soat tashkil etildi.
Mazkur tadbirda vazirlikning markaziy apparati, “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish” Respublika markazi, Texnik meyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi xodimlari faol ishtirok etdilar.
Albatta, mazkur tadbir mutaxassislarning siyosiy savodxonligini yuksaltirish bilan birga, ularning milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat-ehtiromini mustahkamlash, milliy o‘zligimizni anglash va uni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususan, bu kabi uchrashuvlar jamoada ijtimoiy faollikni kuchaytirishga xizmat qilyapti.




