9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati
2026-05-09 14:00:00 / Vazirlik yangiliklar

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi jamoasi vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva boshchiligida G‘alaba bog‘ida bo‘lib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda yurt tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Tadbir davomida yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yilib, mardlik va fidoyilik namunasi bo‘lgan faxriylar xotirasi ehtirom bilan yod etildi.
Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun jonini ayamagan qahramonlar xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi. Ularning jasorati, vatanparvarligi va matonati har birimiz uchun ibrat maktabidir.
Xotira va qadrlash kuni — bugungi tinchlikning qadriga yetish, yurt ravnaqi yo‘lida birdam bo‘lishga undaydigan muhim sana. Musaffo osmon, porloq kelajak uchun jonini fido qilganlar qalblarda mangu yashaydi.




