“Ustoz–shogird” an’analari: faxriylar tajribasi yoshlarga yetkazilmoqda
2026-05-05 11:30:00 / Vazirlik yangiliklar

Arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashi faoliyati belgilangan hujjatlar asosida izchil tashkil etilmoqda. Shu doirada respublika bo‘yicha 15 ta oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda “Ustoz–shogird” an’analari asosida amaliy muloqotlar yo‘lga qo‘yildi.
2025-2026-o‘quv yili uchun tasdiqlangan rejaga muvofiq, jami 288 ta davra suhbati o‘tkazish belgilangan. Shundan, 2025-yilning ikkinchi yarim yilligida 136 ta tadbir tashkil etilib, 20 mingdan ortiq talabalar qamrab olindi.
2026-yilning birinchi yarim yilligida esa 152 ta uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 4-may holatiga ko‘ra, allaqachon 119 ta tadbir o‘tkazildi. Ularda 17 mingdan ziyod talabalar ishtirok etdi.
Eng muhimi, bu muloqotlar orqali faxriylarning hayotiy va kasbiy tajribasi bevosita yoshlarga yetkazilmoqda. Natijada talabalarda sohaga qiziqish ortib, kelajak mutaxassislari uchun mustahkam poydevor yaratilmoqda.





