“Intellektual faoliyat bo‘yicha” tanlovlarda ishtirok eting!
2026-04-30 19:20:00 / Yangiliklar

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Intellektual faoliyat yo‘nalishida “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazasi” hamda “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar eʼlon qilindi.
✍️ Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
2-bosqich – respublika miqyosida.
♻️ Tanlovga taqdim etiladigan arizalar ixtiro.ilmiy.uz elektron platformasi orqali 2026-yilning 31-mayiga qadar (shu kuni ham 23:55gacha) faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
✅Tanlov natijalari bo‘yicha g‘oliblar elektron platformada Respublika komissiyasi aʼzolarining baholash natijalari orqali aniqlanadi.
Tanlov bilan tanishish
