“Intellektual faoliyat boʻyicha” tanlovlar
14:15 30.04.2026

Muddat: 31.05.2026
IxtiroInnovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk huquqini olgan jismoniy shaxslar oʻrtasida har yili oʻtkaziladigan Intellektual faoliyat yo‘nalishida “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazasi” va “Eng yaxshi seleksiya yutugʻi” nominatsiyalari boʻyicha tanlovlar (keyingi oʻrinlarda – tanlov) eʼlon qilinmoqda.
Mazkur tanlovga arizalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 160-son qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Intellektual faoliyat boʻyicha tanlovlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom talablariga muvofiq qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etiladigan arizalar ixtirochilik va ratsionalizatorlik koʻrik-tanlovini oʻtkazish boʻyicha elektron platforma (ixtiro.ilmiy.uz) (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) orqali e’lon qilingan sanadan boshlab 2026-yil 1-iyunga qadar elektron shaklda qabul qilinadi.
1. Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk huquqini olgan jismoniy shaxslar qatnashish huquqiga ega.
2. Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan talabgorlar elektron platforma orqali quyidagi nominatsiyalardan birini tanlagan holda roʻyxatdan oʻtadi:
“Eng yaxshi ixtiro”;
“Eng yaxshi foydali model”;
“Eng yaxshi sanoat namunasi”;
“Eng yaxshi elektron hisoblash mashinasi uchun yaratilgan dastur va maʼlumotlar bazasi”;
“Eng yaxshi seleksiya yutugʻi”.
3. Ilgari oʻtkazilgan mazkur tanlovlarda ishtirok etganlar aynan shu loyihalari bilan tanlovda ishtirok etmaydi.
4. Agar tanlov komissiyasi aʼzosi ishtirokchi(lar)ning yaqin qarindoshi boʻlsa yoki tanlov natijasidan bevosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa, aʼzo oʻzini oʻzi rad etishi shart.
5. Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:
1-bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
2-bosqich – respublika miqyosida.
6. Tanlov natijalari boʻyicha gʻoliblar elektron platformada Respublika komissiyasi aʼzolarining baholash natijalari orqali aniqlanadi. (baholash mezonlari)
7. Arizalarni elektron platforma orqali roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida quyidagi hujjatlarning elektron nusxalari (pdf/doc) Platformaga yuklanadi:
- tegishli shakldagi ariza (pdf);
- nominatsiya bo‘yicha ishlanma prototipi yoki namunalari fotosurati yoki sxemasi (jpg/jpeg) (majburiy);
- nominatsiya bo‘yicha ishlanma tavsifi matni (imzo qoʻyilgan holda, pdf va uning matn redaktori dasturidagi (doc/docx) shakli) (majburiy) ;
- taklif tashkilotda/jamoaviy yaratilgan boʻlsa, taklifning tanlovda ishtiroki boʻyicha hammualliflarining rozilik xati (pdf) (mavjud bo‘lsa);
- muhofaza hujjati elektron nusxasi (pdf) (majburiy) ;
- taklif joriy etilgan boʻlsa, litsenzion kelishuv yoki shartnoma nusxasi (pdf) (mavjud bo‘lsa).
8. Ariza maʼlumotlari elektron platformada tegishli nominatsiya boʻlimiga kiritilishi lozim.
Izoh: Elektron platformaning (ixtiro.ilmiy.uz) majburiy (*) belgisidagi boʻlimlariga noto‘g‘ri maʼlumotlar kiritilgan taqdirda, ariza tanlovga qabul qilinmaydi.
Eslatma:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 160-son qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Intellektual faoliyat boʻyicha tanlovlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom” talablariga muvofiq:
arizalar belgilangan talablarga muvofiq texnik ekspertizadan oʻtkaziladi;
Tanlovga taqdim etilgan arizalarning har bir bosqichda koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron platformadagi shaxsiy kabinetlarida koʻrsatiladigan interaktiv xizmati orqali taqdim etib boriladi.
Tanlovga taqdim etiladigan arizalar ishtirokchining Ilmiy-innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni identifikatsiya tizimi (id.ilmiy.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan shaxsiy kabineti orqali topshirilishi shart. Taklifning muallifi boʻlmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgan arizalar tanlovga qabul qilinmaydi.
Arizalarni shakllantirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Innovatsion rivojlanish agentligi masʼul xodimi: +99871 203-32-23 (244).
