Ijtimoiy himoya yo'nalishiga oid ma'lumotlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi hamda tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmat markazlari tomonidan ijtimoiy himoya xizmatlari qamrovini yanada kengaytirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida MAʼLUMOT
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-82-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-176-sonli qaror talablari asosida viloyatda ijtimoiy himoya sohasi yoʻnalishida 34 ta muassasa (obyekt)lar hamda 7 ta TIEKlar aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatib kelmoqda.
“Inson” markazlarida yaratilgan shart-sharoitlar
Agentlikning 2024-yil 7-iyundagi 142-sonli buyrugʻiga asosan joriy yilda 8 ta tuman (shahar) (Kogon shahar, Gʻijduvon, Vobkent, Shofirkon, Romitan, Qorovulbozor, Kogon, Jondor) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari binolari Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼmirlash koʻzda tutilgan. Bugungi kunda mazkur obyektlarda pudrat tashkilotlari tomonidan qurilish-taʼmirlash ishlari nihoyasiga yetkazilgan.
Mahalladagi kompleks xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodimlar tomonidan aholiga sifatli xizmat koʻrsatishi uchun ularga 115 ta stol va stullar, 394 ta kompyuter, 465 ta printer hamda 8 ta planshet vositalari bilan taʼminlash talab etilmoqda.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi hamda tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlari boʻyicha
Agentlikning viloyat boshqarmasida 38 nafar xodimlarni, tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida 221 nafar xodimlarni belgilangan tartib asosida ishga qabul qilish choralari koʻrildi.
Shuningdek, viloyatdagi 516 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida mavjud 514 ta mahallada kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim lavozimiga bugungi kunda 502 nafar xodimlar belgilangan tartibda hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali tomonidan vacancy.argos.uz platformasida eʼlon qilingan ochiq tanlov asosida ishga qabul qilindi.
(Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2025-yil 8-maydagi VII-11-49-2-0-K/25-son qaroriga asosan viloyatda 28 ta mahallalar omtimallashtirilgan.) (177 nafarini ish oʻrinlari qisqartirilgan xotin-qizlar faollari tashkil etadi.) (jumladan, Buxoro shaxar 59 nafar, Kogon shahar 19 nafar, Buxoro tuman 33 nafar, Kogon tuman 23 nafar, Vobkent tuman 37 nafar, Olot tuman 34 nafar, Qorakoʻl tuman 44 nafar, Qorovulbozor tuman 7 nafar, Jondor tuman 48 nafar, Peshku tuman 35 nafar, Romitan tuman 40 nafar, Shofirkon tuman 47 nafar, Gʻijduvon tuman 70 nafar);
Qolgan 12 ta oʻrin birliklari vakant boʻlganligi (ishdan ketganligi) sababli qaytadan belgilangan tartibda ishga qabul qilish choralari ko‘rilmoqda.
“Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar boʻyicha
“Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari va ijtimoiy xodimlar tomonidan aholiga sifatli ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish tizimi joriy qilingan. Bugungi kunda ushbu xizmat turlari Agentlik tomonidan 49 tadan 109 taga oshirildi. Shundan 71 turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish, 16 turdagi tushuntirish berish hamda 22 turdagi referal xizmatlar koʻrsatib kelinmoqda.
2025-yil 1-oktyabr holatida 12 416 ta oilaga ijtimoiy ish (“keys”) ochilib, 12 195 tasida birlamchi va 7 721 tasida kompleks baholash ishlari oʻtkazildi hamda oilalar bilan ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatish boʻyicha 235 424 ta individual xizmatlar rejasi ishlab chiqildi.
Mahalladagi ijtimoiy xodim va markazdagi operatorlar tomonidan 251 367 ta arizalar qabul qilingan boʻlib, shundan 165 366 ta muhtojlarga zarur yordam koʻrsatildi, 36 809 ta koʻrib chiqish jarayonida hamda 49 192 ta ariza egalariga tushuntirishlar berildi.
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha
Oʻtgan davr mobaynida kambagʻallikni roʻyxatga olish va hisobini yuritish tizimi raqamlashtirilib, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”da turgan kam taʼminlangan oilalar hamda mahallalarda ogʻir turmush sharoitida yashab kelayotgan boshqa oilalar elektron soʻrovnomalardan oʻtkazildi.
Bugungi kunga qadar, “Kambagʻal oilalar reestri”ni shakllantirish maqsadida ijtimoiy xodimlar va hokim yordamchilari tomonidan
93 614 ta oila (ijtimoiy xodim tomonidan 81 042 ta (86,6 %), hokim yordamchisi tomonidan 12 572 ta (13,4 %)) bilan kambagʻallik soʻrovnomasi oʻtkazilgan boʻlib, shundan, 34 251 ta oila (131 482 nafar aholi) kambagʻal deb topilgan.
Jumladan, Buxoro shahri 4539 ta, Kogon shahri 727 ta, Buxoro 1728 ta, Vobkent 1765 ta, Gʻijduvon 6949 ta, Jondor 2756 ta, Kogon1231 ta, Qorakoʻl 3170 ta, Qorovulbozor 221 ta, Olot 2037 ta, Peshku 2601 ta, Romitan 2915 ta, Shofirkon 3612 ta oilalar kambagʻallik reestriga kiritildi.
Mahallalardagi ijtimoiy xodim va hokim yordamchisi tomonidan reestrga kiritilgan oilalarning muammolarini hal etish, ularga zarur xizmat va yordamlar koʻrsatish, imtiyozlarni qoʻllash, daromadini oshirish va pirovardida kambagʻallikdan chiqarishni koʻzda tutuvchi individual rejalar shakllantirildi.
Har bir oilaning holatidan kelib chiqib, unga mos boʻlgan xizmatlarni biriktirish uchun jami 6 ta yoʻnalishda ijtimoiy xodim tomonidan 108 ta va hokim yordamchisi tomonidan 54 ta xizmatlar mavjud.
Hozirgi kunga viloyat boʻyicha “Kambagʻal oilalar reestri”ga kiritilgan 14 122 ta oilalar individual xizmatlar rejasi ishlab chiqilib “Mahalla ettiligi” aʼzolari tomonidan tasdiqlandi. Ushbu rejalarda 61 806 ta ijtimoiy xizmatlar oʻrin olgan.
Jumladan, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish yoʻnalishida 24 937 ta xizmat, kafolatlangan tibbiy xizmat yoʻnalishida 23 370 ta xizma, taʼlim va kasb-hunarga oʻrgatish yoʻnalishida 12 363 ta xizmat, uy-joy va yashash sharoitlarini yaxshilash yoʻnalishida 1 136 ta xizmatlar individual rejalarga kiritildi.
Shuningdek, 15 699 ta (52,6%) individual rejalar tasdiqlash jarayonida turibdi. Jumladan, tahrirlash holatida 2 858 ta, mahalla ettiligiga yuborilgan 2 079 ta, yuborishga tayyor holatda 3 317 ta, xizmat biriktirilmoqda holatida 7 745 ta.
Kambagʻal oilalarga davlat tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari koʻlamini kengaytirish, ularning manzilliligi va samaradorligini yanada oshirish hamda kambagʻal oilalar aʼzolarining salohiyatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan yangi imkoniyatlarni yaratish maqsadida qabul qilingan Prezidentimizning 2025-yil 8-maydagi 84-sonli Farmoniga asosan “Kambagʻal oilalar reestri”ga kiritilgan oilalarni toifalarga ajratish va davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini ularning toifasiga qarab koʻrsatish tartibi amaliyotga joriy qilindi.
Hozirgi kunda koʻrsatilgan xizmat va yordamlar natijasida 7 417 ta oila (26 352 nafar aholi) kambagʻallikdan chiqarilgan boʻlib, viloyat boʻyicha 26 834 ta oila (105 130 nafar aholi) quyidagi koʻrinishda “Kambagʻal oilalar reestri”da qolmoqda.
Jumladan, Buxoro shahri 830 (3 709), Kogon shahri 116 (611), Buxoro 385 ( 1343), Vobkent 591 (1 174), Gʻijduvon 1 169 (5 780), Jondor 671 (2 085), Kogon 288 (943), Qorakoʻl 839 (2 331), Qorovulbozor 77 (144), Olot 553 (1 484), Peshku
654 (1 947), Romitan 474 (2 441), Shofirkon 770 (2 842) ta oila reestrda qolmoqda.
Yagona ijtimoiy reestrdagi oilalar, ehtiyojmand oilalarga limitdan ortiqcha isteʼmol uchun toʻlovlar boʻyicha
Shu bilan birga, viloyatda 2023-yil 1-noyabr holatida nafaqa oluvchi oilalar soni 93,7 mingta yoki 16,4 foizni tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunda 28,9 ming tani tashkil qilib, hududda yashaydigan jami oilalar soniga nisbatan nafaqa oluvchi oilalarning ulushi 4,7 foizni tashkil etmoqda.
Yagona ijtimoiy reestrda turgan kam taʼminlangan oilalarga bir oy davomida 14,7 mlrd.soʻm miqdorda, shundan 26,4 ming nafariga 13,6 mlrd.soʻm bolalar nafaqasi va 2,5 ming nafariga 1,1 mlrd.soʻm moddiy yordam pullari toʻlanib kelinmoqda.
2024-yil qish-kuz mavsumida kam taʼminlangan reestrda turuvchi 37,8 ming nafar va mahalla tomonidan shakllantirilgan qoʻshimcha
4,2 ming oilalarga bir martalik 270 ming soʻmdan jami 11,3 mlrd.soʻm moddiy yordamlar toʻlab berildi. 2024-yil noyabr-dekabr oylari hamda 2025-yil yanvar-fevral oylarida belgilangan limitdan ortiqcha isteʼmol qilgan 1,8 ming nafar oilalarga elektr energiya va tabiiy gaz sarfi uchun 166,1 mln.soʻm mablagʻlar toʻlab berilgan.
2025-yil iyun oyida reestrlarga kiritilgan va reestrlarga kiritilmagan 68,1 ming oilalardan koʻshimcha kompensatsiya uchun arizalar qabul qilinib, (may oyidan boshlab) iyun-sentyabr oyida 15,6 ming oilalarga 745,1 mln.soʻmlik mablagʻlar oʻz vaqtida toʻlab berildi.
2025-yil noyabr oyida 51,0 mingta oilaga 51,0 mlrd soʻmlik moddiy yordam va kompensatsiya toʻlovlari toʻlanishi kutilmoqda.
“Mahalla yettiligi” tomonidan 134-sonli qaror ijrosini taʼminlash maqsadida may oyidan boshlab belgilangan limitdan ortiqcha isteʼmol qilgan oilalarga kompensatsiyalar toʻlab berilish va noyabr oyida bir martalik moddiy yordam berilishini aholiga tushuntirish ishlarini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda.
Kam taʼminlangan oilalar reestirida turuvchi oilalarni qayta oʻrganib sharoiti yaxshilangan oilalarni reestrdan chiqarish choralari doimiy ravishda amalga oshirilmoqda.
"Saxovat va koʻmak" jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha
"Saxovat va koʻmak" jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha 5 952 ta arizalar kelib tushgan boʻlib, ularning 2 882 tasi qaror talablariga muvofiq yordam koʻrsatildi, 737 ta koʻrib chiqish jarayonida hamda 2 306 ta ariza egalariga tushuntirishlar berildi.
Oʻtgan davr mobaynida “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga 14,0 mln.soʻm mablagʻlar tushgan boʻlib, kelib tushgan murojaatlar asosida ularning 5,4 mln.soʻmi ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va oilalarga yordam koʻrsatish uchun yoʻnaltirildi.
Jumladan, dori-darmon va davolanish, oziq-ovqat va kiyim-kechak sotib olish, uy-joyini taʼmirlash, kommunal qarzdorliklarni qoplash hamda boshqa masalalar uchun mablagʻlar yoʻnaltirilgan.
Jumladan, dori-darmon va davolanish, oziq-ovqat va kiyim-kechak sotib olish, uy-joyini taʼmirlash, kommunal qarzdorliklarni qoplash hamda boshqa masalalar uchun mablagʻlar yoʻnaltirilgan.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga koʻrsatilayotgan yordamlar boʻyicha
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarga ijtimoiy xizmatlar koʻlami va qamrovini kengaytirish orqali ularning iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligi taʼminlanmoqda.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan 1 093 nafar shaxslar mavjud boʻlib, yil boshidan 340 nafar shaxs mazkur roʻyxatga kiritilgan hamda 85 nafari roʻyxatdan chiqarilgan.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan 1 093 nafar keksalarga reja asosida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hamda uy-roʻzgʻor ishlariga koʻmaklashish choralari koʻrilmoqda.
Yaqin qarindoshlari boʻlmagan 612 nafar oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan shaxslar kompensatsiya nafaqalari bilan qamrab olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 376-sonli “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga vaucher asosida yangi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”qaroriga asosan 2025-yil 1-iyundan boshlab oʻzgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qoʻllab quvvatlashga qaratilgan “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reestridagi shaxslarga, Kambagʻal oilalar reestriga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi oilasida yashovchi oʻzgalar parvarishiga muhtoj yoki nogironligi boʻlgan shaxslarga quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyildi.
Yoʻlga qoʻyilgan ijtimoiy xizmatlar Agentlikning “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va tizim tashkilotlari bilan bir qatorda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan 1 715 nafar shaxslarga xizmatlar koʻrsatilib kelinmoqda.
Jumladan;
- kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati (keksalar bogʻchasi) bilan 111 nafar,
- uy sharoitida qarab turish xizmati (uyda borib 3 soat qarab turadi) bilan 332 nafar,
- tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati (uyda borib 2 soatgacha muolaja oʻtkazadi) bilan 263 nafar,
- uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati (assistent xizmati) bilan 848 nafar,
- shaxsiy yordamchi xizmati (koʻzi ojiz va insult olganlarga ishga yoki oʻkishga borishga koʻmaklashish 2 hafta) bilan 24 nafar shaxslar qamrab olindi.
Dastur doirasida 203 ta tadbirkorlar tomonidan iyul oyida koʻrsatilgan 5 turdagi ijtimoiy xizmatlari uchun 684,1 mln.soʻm mablagʻ ijtimoiy jamgʻarma mblagʻlari hisobidan qoplab berildi.
Agentlik tizimidagi sanatoriylarda davolanish uchun navbatda turganlar soni 55 332 nafar boʻlib, 9 349 nafar shaxslar yoʻllanma asosida yuborildi.
Tazyiq va zoʻravonlikga uchragan xotin-qizlar hamda birlamchi koʻmak xonalari boʻyicha
Tazyiq va zoʻravonlikga uchragan xotin-qizlarga ijtimoiy xizmatlar tuman (shahar) va mahalla darajasida tashkil etilib, ularning iqtisodiy va ijtimoiy mustaqilligi taʼminlab borilmoqda.Якорь
Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar tomonidan 7 491 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 6 846 tasi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali, 132 tasi “102” orqali hamda 513 tasi 1146 ishonch raqami orqali kelib tushgan.
Bugungi kunda tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga 8 615 ta himoya orderlari berilgan.
Kelib tushgan murojaatlarga asosan 7 491 nafar shaxslarga soʻrovnomalar oʻtkazilgan. Shundan 7 424 tasiga soʻrovnoma yakunlangan boʻlib, 95 tasi jarayonda turibdi.
Kunduzgi qatnov asosida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan 5 158 ta psixologik, huquqiy va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatildi.
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining shoshilinch qabul boʻlimlarida tunu-kun faoliyat koʻrsatayotgan birlamchi koʻmak xonalariga 510 nafar tazyiq va zoʻravonlikka uchragan shaxslar va ularning voyaga yetmagan bolalari joylashtirilib, tegishli xizmat koʻrsatilgan.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi viloyat boʻlinmasi tomonidan 59 nafar ayollarga yordam koʻrsatilgan.
“Mehr va saxovat kuni” doirasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha
Viloyatdagi ehtiyojmand aholi, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda yolgʻiz keksalarga gʻamxoʻrlik qilishda bir qator amaliy tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.
“Mehr va saxovat kuni” doirasida 510 dan ortiq tadbirlarga 12 841 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar qamrab olindi, ularga 495 ta nogironlar aravachasi, 203 ta eshitish moslamasi, 475 ta protez ortopediya moslamalari, 685 ta reabilitatsiya vositalari hamda
1 122,1 mln.soʻmlik dori-darmonlar, 1 890,3 mln.soʻmlik moddiy yordam, 1 026,6 mln.soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari hamda 582,3 mln.soʻmlik sovgʻa salomlar jami mazkur ishlar uchun 4 621,2 mln.soʻmlik mablagʻlar sarflangan.
Ishchi guruhlari tomonidan tadbirlar davomida doimiy ravishda fuqarolarga sayyor ijtimoiy yordamlar koʻrsatilib kelinmoqda. Viloyatda har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilanib, tashkilotlar tomonidan ehtiyojmand aholi, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda yolgʻiz keksalarga koʻrsatilayotgan xayriya tadbirlarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib kelinmoqda.
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun amalga oshirilgan ishlar boʻyicha
Bundan tashqari, viloyatdagi mavjud 62 730 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarni tegishli tibbiy koʻriklardan oʻtkazish, nogironlik tayinlash hamda ularni reabilitatsiyaga yoʻnaltirish kabi bir qator vazifalarni amalga oshirish uchun 32 nafar tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyalari xodimlari jalb etilgan.
Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK) faoliyati optimallashtirilib, viloyatda tuman va tumanlararo komissiyalar soni 8 tadan 7 taga yetkazildi, barcha komissiyalarda Pediatr vrach ekspert shtatlari ochildi. Natijada, kunlik koʻriklar soni 10-12 tagacha
(3 baravar kam) tushirildi.
Viloyatda 62 730 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar istiqomat qilayotgan boʻlib, oʻtgan davr mobaynida ulardan 96 nafarining nogironlik guruhi bekor qilindi, 413 nafarining nogironlik guruhi yengillashtirildi hamda 240 nafarining nogironlik guruhi ogʻirlashtirildi, 3 323 nafar shaxslarga birlamchi nogironlik va 6 709 nafar shaxslarga qayta nogironlik guruhi belgilangan.
Mehnatga jalb qilish mumkin boʻlgan 34 347 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar mavjud boʻlib, ishdan boʻshaganlar 2024-yilda 4 329 nafarni, 2025-yilda 5 562 nafarni tashkil qiladi. 2025-yilda 4 986 nafar shaxslar bandligini taʼminlash rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda 3 289 nafar (66%) nogironligi boʻlgan shaxslar bandligi taʼminlandi, 902 nafari parasportga jalb qilindi, 472 nafar shaxslar uchun reabilitatsiya markazlariga orderlar ajratildi.
2024-yilda “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari” toʻgʻrisida Prezident qarori hamda “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash” haqida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorlar bilan protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari turlari 18 tadan 30 taga kengaytirildi. Protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari xaridi uchun davlat tomonidan muhtoj shaxslarga qoplab beriladigan mablagʻlar miqdorini bozor konyunkturasidan kelib chiqib oʻrtacha 3 baravargacha, ayrim vositalarning turlari esa 10 baravargacha oshirildi. Shundan kelib chiqib protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari sifati oshirildi.
2024-yil 1-iyuldan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan reabilitatsiya qilishning texnik vositalari hamda protez-ortopediya moslamalarini “UZUM” market orqali xarid qilish boʻyicha vaucher tizimi ishga tushirilgan.
Bugungi kunga kelib 4 716 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlanib, agentlik tomonidan 6 790,9 mln.soʻm mablagʻ ishlab chiqaruvchilarga toʻlab berilgan.
Shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun turli sport musobaqalari oʻtkazilib kelinmoqda.
Jumladan;
2025-yil 4-may kuni Buxoro shahridagi “Somoniylar” bogʻida “Inson uchun” shiori ostida inklyuziv yugurish marafoni boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir jamiyatda inklyuzivlik tamoyillarini keng targʻib etish, sogʻlom turmush tarzini rivojlantirish va turli toifadagi fuqarolar oʻrtasida ijtimoiy birdamlikni kuchaytirish maqsadida oʻtkazildi. Bunda 220 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar ishtirok etdi.Marafon davomida ishtirokchilar uchun madaniy-koʻngilochar dasturlar, musiqiy chiqishlar, sogʻlom hayotni targʻib etuvchi axborot materiallari va ragʻbatlantiruvchi sovgʻalar taqdim etildi. Tadbir yakunida barcha qatnashchilarga esdalik sertifikatlari topshirildi.
2025-yil 15-may kuni viloyatda "Besh tashabbus paralimpiadasi"ning viloyat bosqichi oʻtkazildi. Ushbu sport bayrami nogironligi boʻlgan shaxslar uchun sport va jamiyat hayotiga faol integratsiyalashish yoʻlida muhim qadamlardan biridir.
Mahalliy saralash bosqichlarida muvaffaqiyat qozongan 338 nafar ishtirokchi viloyat bosqichida oʻz iqtidor va mahoratini namoyish qildi. Ular para stol tennisi, para yengil atletika, para shaxmat, para shashka kabi 13 ta sport yoʻnalishida oʻzaro bellashdi.
Paralimpiada nafaqat sportchilar uchun imkoniyat, balki jamiyatda inklyuzivlikni targʻib qiluvchi, teng huquqli muhit yaratishga xizmat qiluvchi ijobiy tashabbusdir. Musobaqalar davomida ishtirokchilarning gʻalaba uchun boʻlgan irodasi, kuch-gʻayrati va qatʼiyati tomoshabinlar va hakamlar tomonidan yuqori baholandi.
Mazkur bosqich natijalariga koʻra, oʻz sport yoʻnalishida gʻolib chiqqan ishtirokchilar respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadilar.
2025-yil 16-may kuni Buxoro shahrida boʻlib oʻtgan "Inson uchun" shiori ostidagi marafon ijtimoiy faollik, sportga boʻlgan mehr va insoniy qadriyatlar uygʻunligida oʻtdi. Marafonda 250 nafardan ortiq nogironligi boʻlgan shaxslar ishtirok etdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar 4 toifa boʻyicha (erkaklar va ayollar alohida hisobda, jami 24 nafar) gʻolib sifatida diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
2025-yil 28-may kuni Buxoro shahridagi Nodir Devonbegi majmuasida nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida sportning para shaxmat turi boʻyicha"DXX Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi kubogi" musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda viloyatdan 250 nafar ishtirokchilar oʻzaro bellashishdi. Gʻoliblarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
2025-yil 31-may kuni Buxoro “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyi tarbiyalanuvchilari oʻrtasida mini futbol va estafeta sport turlari oʻtkazildi.
Shunga asosan “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilarining 20 nafari estafeta hamda 10 nafari mini futbol oʻyinlarida ishtirok etdi.
Tadbirda yakunida paraolimpiya oʻyinlariga qatnishgan barcha tarbiyalanuvchi bolalar kubik va medallar bilan taqdirlandilar.
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya faoliyati boʻyicha
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya faoliyati boʻyicha:
Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida jami 5 marotaba (fevral, aprel, iyun, iyul va avgust oylarida) PTPK koʻriklari tashkil etilgan boʻlib, jami 1 958 ta ariza kelib tushgan. Shundan, 1 304 tasiga PTPK xulosalari berilgan, 579 tasi rad etilgan, hozirda 75 ta ariza keyingi komissiyadan oʻtish uchun tasdiqlangan.
Maʼlumot uchun, 1 304 nafar bolalarga PTPK xulosalari berilgan.
Jumladan, 152 nafari koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga;
604 nafari ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga;
4 nafariga “Muruvvat” uyiga PTPK yoʻllanmasi berilgan.
3 nafariga "Muruvvat" internat-uylarining kunduzgi parvarish guruhiga;
20 nafari davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining uyda taʼlimiga;
1 nafari tayyorlov guruhlariga;
246 nafari umumtaʼlim maktablaridagi inklyuziv sinflarga;
6 nafari kasb-hunar maktablariga;
106 nafari maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi inklyuziv guruhlarga;
148 nafari Davlat xususiy sherikchilik asosidagi Kunduzgi parvarish xizmatiga;
Kunduzgi parvarish xizmati, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yangi tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha
Viloyatdagi kunduzgi parvarish xizmatiga toʻgʻri keladigan 306 nafar nogironligi boʻlgan bolalardan 306 nafari mazkur xizmatlarda foydalanayotgan boʻlib,
Jumladan, xizmatda foydalanayotganlar:
41 nafari umumiy oʻrta taʼlim maktablarida;
42 nafari maxsus maktab-internatlarda;
6 nafari maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotlarida;
130 nafari kunduzgi parvarish xizmatiga;
86 nafari “Muruvvat” uyida;
1 nafari maxsus kollejda (Samarqand viloyatida).
2025-yil maqsadli koʻrsatgichlar rejasida muvofiq joriy yilning 1-oktyabriga qadar viloyatdagi barcha tuman (shahar)larda Davlat xususiy sherikchilik asosida “Kunduzgi parvarishlash” xizmati tashkil etish orqali 88 nafar nogironligi boʻlgan bolalarni ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda 13 ta tuman (shahar)da “Kunduzgi parvarishlash” xizmatini tashkil etish boʻyicha tadbirkorlar bilan bitimlar tuzilgan boʻlib, shundan 133 nafar
3-18 yoshli bolalar qamrab olingan.
Bundan tashqari, Buxoro nogironligi boʻlgan bolalar “Muruvvat” internat uyida “Kunduzgi parvarish” xizmati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bugungi kunda 33 nafar nogironligi boʻlgan bolalar qatnamoqda.
“Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari boʻyicha
2023-yil 15-iyun sanasidan boshlab 3 ta muruvvat uylari, 1 ta ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi hamda 1 ta Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun “Buxoro” sanatoriyasi Agentlik tasarrufiga oʻtkazildi.
Viloyatda 3 ta nogironligi boʻlgan shaxslar uchun “Muruvvat” internat uylari mavjud. Jumladan Buxoro shahridagi bolalar “Muruvvat” internat uyi quvvati 310 nafar bolaga moʻljallangan boʻlib, bugungi kunda muassasada doimiy qoladigan 248 nafar nogironligi boʻlgan bolalar parvarish qilinmoqda.
Buxoro “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi 305 oʻringa moʻljallangan boʻlib, hozirgi kunda muassasada 305 nafar nogironligi boʻlgan ayollar istiqomat qilib kelmoqda. Ularga malakali xodimlar tomonidan tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatib kelinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida “Muruvvat” uyidagi ayollarning imkoniyatlariga qarab oʻquv xonalari, toʻgarak xonalari tashkil etilgan.
Chevarchilik, pazandachilik, toʻquvchilik, sartaroshlik, rasm chizish, kutubxona, kompyuter toʻgarak xonalari toʻliq jihozlanib foydalanib kelinmoqda.
Qorakoʻl “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklari internat uyi 300 oʻringa moʻljallangan. 300 nafar vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatilmoqda.
Vasiylikka olinganlarni oʻrtasida aqliy rivojlanishida ijobiy oʻzgarishlar boʻlgan shaxslarni mexnat koʻnikmalarini egallashi uchun muassasada ishlab chiqarish (mexnat) ustaxonasi, issiqxona hamda musiqa va shashka-shaxmat toʻgarak xonalari tashkil qilingan boʻlib, mexnat istruktorlari tomonidan yengil mehnat koʻnikmalarini bajarish va oʻrgatish ishlari yoʻlga qoʻyilgan.
Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan hamda ota-onasi uch oydan ortiq muddatda xorijiy davlatlarga ketgan voyaga yetmagan bolalar boʻyicha
Shuningdek, viloyatda jami 8 ta (Buxoro shaharda 4 ta, Peshku tumanida 3 ta va Gʻijduvon tumanidan 1 ta) oilaviy bolalar uyi mavjud boʻlib, mazkur oilaviy bolalar uylarida jami 30 nafar tarbiyalanuvchilar tarbiyalanib kelmoqda.
Joriy yilning oʻtgan davri davomida 1 nafar oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchi boshqa shaxslarga vasiylikka berildi hamda 1 nafari 18 yoshni toʻldirganligi sababli oilaviy bolalar uyidan chiqarildi.
Oilaviy bolalar uyida tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilar bilan oyida bir marotaba hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda oilaviy bolalar uyida tashrif buyurib, ulardagi muammolar oʻrganilib, joyida bartaraf etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Oilaviy bolalar uyida tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarni ota-onasi va yaqin qarindoshlariga qaytarish boʻyicha viloyat hokimligi, Milliy gvardiya bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda.
Yetim va ota ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlash, ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish orqali ushbu toifadagi shaxslarning jamiyatga kirishini taʼminlash choralari koʻrib borilmoqda.
Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar soni 360 nafarni tashkil etib, joriy yilning oʻtgan davrida 360 nafar ota-ona qarovisiz qolib ketgan bolalarga vasiy yoki homiylik tayinlandi, ularning 12 ta ijtimoiy huquqlari (ovqatlanish, qiyinish, taʼlim va boshqa) bajarilishi nazoratga olindi.
Vasiylik va homiylik hamda patronatga 5 744 nafar voyaga yetmaganlar olingan boʻlib, Shundan, vasiylikka olinganlar 4 211 nafar, homiylikka olinganlar 1 398 nafar, patronatga olinganlar 135 nafar, oilaviy bolalar uylaridagi bolalar 30 nafarni tashkil etadi.
Viloyatda 18-23 yoshdagi vasiylik va xomiylikda boʻlgan 360 nafar bolalar mavjud boʻlib, ularning jamiyatga kirishi boʻyicha individual rejalar ishlab chiqilmoqda.
Joriy yilda 30 nafar yetim va ota-onasidan mahrum boʻlgan bolalar uy-joy bilan taʼminlanishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda 21 nafariga uy-joy sotib olish uchun shartnomalar tuzilib, barchasiga 21 nafariga uy-joylar sotib olingan hamda ushbu maqsad uchun 5,1 mlrd.soʻm mablagʻ sarflangan. Qolganlari boʻyicha tegishli tartibda ishlar olib borilmoqda.
Hozirgi kunda mahalla hamda maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari bilan hamkorlikda qolgan voyaga yetmagan bolalarga vasiy yoki homiy tayinlash boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Alohida taʼlimga ehtiyojlari boʻlgan bolalar boʻyicha
Shuningdek, viloyatda 3 ta koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti, 4 ta alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan maxsus maktab-internatlar faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu taʼlim muassasalarida jami 1 178 nafar oʻquvchilar viloyat psixologik-tibbiy pedagogik komissiyasi xulosasiga asosan taʼlim olib kelmoqda.
Shuningdek, hududlardagi 57 ta umumiy tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotida “inklyuziv taʼlim guruhlari” (80 nafar bola) hamda 151 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 212 ta inklyuziv sinflar (280 nafar bola) faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Shuningdek, umumtaʼlim maktablarida hozirgi kunda jami 701 nafar oʻquvchilarga uyda yakka tartibda taʼlim berib kelinmoqda.
Bundan tashqari, ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalalarning farzandlari va nogironligi boʻlgan bolalarni bepul maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish maqsadida 2025-yil sentyabr oyidan boshlab 3 ta (Vobkent, Gʻijduvon va Jondor) tumanda, “Ilk rivojlanish markazlari” faoliyatini yoʻlga qoʻyilda va 253 nafar bolalar qamrab olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qaroriga asosan "Gʻamxoʻrlik” guruhlari ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlarda tashkil etish belgilangan.
Shu munosabat, bilan 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab, Buxoro shahridagi 27-son va Romitan tumanidagi 26-son maxsus maktab-internatlarida “Gʻamxoʻrlik” guruhlari oʻz ish faoliyatini boshladi va ularda 11 nafar ogʻir nuqsonli kasallangan bolalar qamrab olindi.
Buxoro shahridagi 24-sonli "Nurli maskan" ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga va 57-sonli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida guruh ochish uchun belgilangan bolalar soni 6 nafarga yetmaganligi sababli “Gʻamxoʻrlik” guruhlari ochilmagan.
