Tez-tez beriladigan savollar (FAQ)
Davlat xizmatchisi tadbirkor yoki uning muassisi bo‘lishi mumkinmi?
Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:
- o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘ladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
- pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga, O‘zbekiston qonunlarida hamda Prezident qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
- tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;
Agar joy mulkdori umumiy mol-mulkiga ko‘rsatilayotgan xizmatdan qoniqmasa majburiy badallarni to‘lamaslikga huquqi bormi?
Yo‘q, agarda mulkdor uyga ko‘rsatilayotgan xizmatdan qoniqmasa, u bu masalani shirkatning boshqaruvini, boshqaruv raisini saylash hamda ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish vakolatiga ega shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishiga kiritishi kerak.
Men yashayotgan kvartiradan o‘tgan sovuq suv quvurini o‘z xisobimdan almashtirdim. Shirkat men qilgan sarf-xarajatlarni kommunal xizmat to‘lovlariga o‘tkazishni istamayapti. Siz qanday maslahat berasiz?
Siz avvalom bor eski suv quvurlarini almashtirishingiz haqida shirkat bilan kelishib olishingiz, keyin ta’mirlash ishlar oxirida qilingan ishlarni hujjatlashtirish ularga taqdim etishingiz lozim edi. Shuningdek xujjatga quvurlarni sotib olganligingiz va bajarilgan ishlar uchun to‘lagan pulingizni tasdiqlovchi chekni ilova qilinadi. “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari to‘g‘risida"gi Qonunning 30–moddasida ayrim hollarda shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi joy mulkdori tomonidan majburiy badallarning bir qismini to‘lashning pul shaklini uning umumiy xarajatlardagi ishtirokining boshqa turlariga almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan arizalarni ko‘rib chiqish tartibini tushuntiring?
Transport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi 256-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.
YHXX organlarida yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari egasi korxona yoki tashkilotning yozma arizasi fuqarolar uchun shaxsiy pasport yoki uning o‘rniga berilgan hujjat, transport vositasini qonuniy sotib olinganligini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan yig‘imlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Yuridik shaxslar transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasini taqdim etadilar.
Transport vositalari ularni qayd etishdan oldin hududiy mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki ro‘yxatdan chiqariladi.
Yangi tashkil etilgan tashkilot va korxonalarni avtoxo‘jaliklarni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida transport vositalarini saqlash uchun yetarli joy maydoni (garaj, avtosaroy) mavjudligi yoki bunday joy ijaraga olinganligi haqidagi shartnomadan nusxa, hududiy YHXX organi tomonidan shu joyning ko‘rikdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi dalolatnoma taqdim etiladi.
Transport vositalari ushbu hollarda qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
Transport vositalarining turar-joy yoki egasining yashash joyi o‘zgarganda, quyidagi hujjatlar asosida:
belgilangan tartibda ariza;
texnik hujjat (qayd etish guvohnomasi, texnik pasport, texnik talon);
korxona va tashkilotlar transport vositalarining turgan o‘rni o‘zgarishiga asos bo‘lgan hujjat (buyruq, ijara shartnomasi, hokimlik qarori);
transportlarning turgan o‘rnini hududlardagi YHXB organlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazganligi haqidagi dalolatnoma;
Tashkilotning nomi, egasining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda, quyidagi hujjatlar asosida:
belgilangan tartibda ariza;
ismi o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (buyruq, farmoyish, qaror);
fuqarolar uchun shaxsiy pasport, familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik holatini dalolatnomalarini qayd etish organi yoki sud organi tomonidan berilgan hujjat).
Egasi o‘zgarganda, quyidagi hujjatlar asosida:
belgilangan tartibda ariza;
notarial idoralari tomonidan berilgan oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomalari, vorislik, meros va mulkka egalik qilish huquqini beruvchi guvohnomalar;
sud qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi idoralari tomonidan berilgan order;
chetdan keltirilgan va bojxona nazorati ostida turgan transport vositalari uchun bojxona idorasi tomonidan beriladigan maxsus guvohnoma.
Xorijiy fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish qanday tartib asosida amalga oshiriladi?
Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2008 yil 4 avgustdagi 169-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Xorijiy fuqarolarning hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan muddatlarda ya’ni bakalavriatga kirish uchun 20 iyundan 20 iyulga qadar, magistraturaga kirish uchun 1 iyuldan 30 iyulga qadar qabul qilinadi. O‘rnatilgan tartibga binoan xorijiy fuqarolar hujjatlarini tegishli oliy ta’lim muassasasining Qabul komissiyasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri topshirishlari kerak.
Xorijiy fuqarolar bakalavriatga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan har yili 1 avgust kuni o‘tkaziladigan test sinovlari natijalari asosida qabul qilinadilar. Magistraturaga esa oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil ravishda tahminan 1-10 avgust oralig‘ida tashkil etiladigan kirish imtihonlari natijasi asosida qabul qilinadilar.
Xorijiy fuqarolarni talabalar safiga qabul qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori asosida test sinovlari (bakalavriat uchun) yoki kirish imtihonlari (magistratura uchun) natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ikkinchi qavatdagi qo‘shnilarimiz balkonni kengaytirishdi va endi u oynamiz tepasida xavf solib turibdi. Kvartiraga yorug‘lik kamroq tushadigan bo‘ldi, bundan tashqari, bizni bir savol o‘ylantiradi: balkonning konstruksiyasi nechog‘lik mustahkam? Qonun nuqtayi nazaridan ularning harakatlariga yo‘l qo‘yiladimi?
Dastavval, balkonning maydoni aynan qanchaga kengaytirilganligini tushunib olish kerak. Agar bu chiqarib oyna solish, gullar uchun tokchalar yoki balkonni tashqari tomondan qoplab issiq qilish hisobiga 25-30 sm ga kengaytirish bo‘lsa, balkon maydonini bunday kengaytirishda muammo bo‘lmaydi. Ko‘rib chiqilayotgan holatda obyektning hajmi va maydoni o‘zgartirilishini ko‘zda tutadigan obyektni rekonstruksiya qilish holati mavjud. Buning uchun Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga1 muvofiq cheklanmagan amal qilish muddatiga beriladigan ruxsatnomani olish lozim. Shuning uchun, qo‘shnilarning ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirda ularning harakatlari qonuniy bo‘ladi. Agar ruxsatnoma bo‘lmasa bu shaharsozlik qoidalarini buzish hisoblanada hamda siz da’vo bilan sudga yoki shikoyat bilan Buxoro viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasiga va tuman (shahar)lar arxitektura va qurilish bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin.
