Buxoro shahri: Mahmud Tarobiy va Sheyxon mahallalari yoʻli taʼmirlanmoqda
2025-10-27 16:30:00 / Yangiliklar

Jumladan, "Mahmud Tarobiy" mahalla fuqarolar yigʻinida ichki koʻchalarni obodonlashtirish va aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida shagʻallashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bugungacha mahalladagi Oʻtror aholi punkti yoʻlining 1,5 kilometri, qoʻshimcha ravishda Koʻchabogʻi aholi punktining 500 metr qismida shagʻallashtirish ishlari bajarilgan.
Mazkur ishlar uchun jami 150 million soʻm mablagʻ sarflangan boʻlib, ayni kunda koʻchani zarur yoʻl belgilari, tungi yoritish chiqroqlari bilan jihozlash, shuningdek, hududdagi ichki yoʻlning yana 500 metr qismini shagʻallashtirish ishlari davom etmoqda.
Xuddi shunday, “Sheyxon” mahalla fuqarolar yigʻinidagi “Doʻlama” aholi punktida koʻpdan buyon taʼmirtalab ahvolga kelgan yoʻlni asfaltlashtirish ishlari jadal surʼatda olib borilmoqda. Mazkur loyiha doirasida 430 metr uzunlikdagi, umumiy hisobda 2450 kvadrat metr maydonga ega yoʻlga asfalt bostirilmoqda.
Bu kabi ishlarga 261 million soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan. Mahalla aholisi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida oʻndan ortiq yoʻlsoz ishchi-mutaxassis va mexanizatsiya vositalari jalb qilingan bu ishlar qisqa muddatda yakunlanishi belgilangan.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati





