Iqtisodiy o‘quvlar doirasida viloyat hokimligi ijro intizomi nazorat bo‘limi boshlig‘ining axboroti tinglandi
2025-08-01 20:45:00 / Yangiliklar

Shu nuqtai nazardan, bugun viloyat hokimligida o‘tkazilgan iqtisodiy o‘quvlar doirasida viloyat hokimligi ijro intizomi nazorat bo‘limi boshlig‘i Umid Qo‘shshayevning axboroti eshitildi.
Ma’ruzachi ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyaitini keng tushuntirdi.
Farmon bilan viloyat, tuman va shahar hokimliklari zimmasiga yuklatilgan vazifalarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, 2025-yilning birinchi yarim yilligida Vazirlar Mahkamasi va Prezident topshiriqlarining ijrosini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi. Ushbu tahlillar asosida ikkinchi yarim yillikda ijro intizomini yanada yaxshilash, vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi.
