#hududlar_hayoti #Buxoro_shahri #Madaniy_meros
2025-01-13 19:25:00 / Yangiliklar
Xususan, madaniy meros va arxitektura yodgorliklarini asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish va texnogen jarayonlar taʼsirini olish maqsadida xorijiy va mahalliy ekspertlar, olimlar, tarixchilar hamda tajribali loyihachilarni jalb qilgan holda Buxoro shahar tarixiy markazidagi “Chor Minor” va “Isteza” madrasalari, “Samarqand” va “Darvozai Salloxona” darvozalari, “Zindon” va “Masjidi Kalon” kabi turistik marshurut boʻylab joylashgan obyektlar hududida yomgʻir suvlarini olib chiqib ketuvchi tarmoqlarni qurish, elektr energiyasi, tabiiy gaz, aloqa kabellari va boshqa kommunikatsiya tizimlarini Xiva shahri tajribasidan foydalangan holda, shaxta shaklida yer ostidan oʻtkazish yoki binolar tom qismlaridan milliy koʻrinishda yogʻoch ornamentlar, ustunlar bilan oʻragan holda mukammal koʻrinishini tashkil etib, qurish, anʼanaviy meʼmorchilik uslubiga uygʻun holda zamonaviy yoritish tizimlarini oʻrnatish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Buxoro shahrida joriy yilda birinchi zamonaviy dizayn va hunarmandchilik biyennalesini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish maqsadida tanlangan hududda madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish hamda tutash hududlarda yoʻl va yoʻlaklarda mavjud asfalt va beton qoplamalarni demontaj qilish, loyiha asosida maxsus tosh qoplamalar yotqizilmoqda.
Shu bilan birga, Buxoro tarixiy markazida belgilangan 9 ta madaniy meros obyektlari (Gavkushon madrasasi, Xoja Kalon va Magʻoki Attoriy masjidlari, Mirzo Ulugʻbek, tamakifurush Ahmadjon karvonsaroylari qoldiqlari, Olimjon, Ayozjon va Fatxullajon karvonsaroylari, Tasviriy sanʼat muzeyi)ni restavratsiya qilish va ularning muhofaza zonasida ham zarur taʼmirlash-tiklash ishlari boshlandi.
Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat va Buxoro shahar sektorlari rahbarlari, masʼul viloyat hokimi oʻrinbosarlari, tegishli tashkilotlar mutasaddilari hamrohligida Buxoro shahrining tarixiy qismida boʻlib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi. Mavjud muammolarni oʻrgandi. Ularni hal qilish boʻyicha zarur vazifalar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi. Jumladan, viloyat rahbari Buxoro shahar tarixiy markazida dastlabki bosqichda turizm marshrutidagi koʻchalarga tutash xonadonlar va korxonalar binolarini tom qismi (shifer, profnastil) qoplamalarini demontaj qilish orqali tarixiy anʼanaviy (loysuvoq va milliy uslubdagi qoplama) koʻrinishiga oʻzgartirish ishlarini tashkil etish, madaniy meros obyektlariga tutash holda qurilib, oʻrnatilgan noqonuniy qurilmalarni, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan (oʻzboshimchalik bilan) qurilgan (oʻrnatilgan) va foydalanib kelingan obyektlarni bartaraf etish, Buxoro shahar tarixiy markazida faoliyat olib boruvchi joylashtirish vositalari, restoranlar, hunarmandlik ustaxonalari, suvenir doʻkonlari, madaniy meros obyektlari, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalaridagi mavjud reklama banner moslamalari, konstruksiyalari va shitlarini tartibga keltirish, milliy ruhdagi peshtaxtalar namunalarini oʻrnatish boʻyicha yagona talabni joriy qilish va boshqa masalalarda mutasaddilar zimmasiga aniq vazifalarni yukladi. Ishlarni tashkil etish boʻyicha masʼllar va muddat belgilandi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati