Ğijduvon: Olis ovulda ezgu işlar, yangi taşabbuslar keng qanot yoymoqda
2026-11-24 09:30:00 / Yangiliklar

Zero, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlaridan biror bir hudud, biror bir mahalla yoki xonadon çetda qolmasligi lozim. Ayniqsa, markazdan olisda joylaşgan qişloq va ovullarda istiqomat qilayotgan aholi, ta’lim muassasalari, pedagoglar hamda yoşlar doimo e’tibor markazida bölişi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana şu ezgu maqsadlar yölida Ğijduvon tumani hokimligi hamda tuman Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi mas’ullaridan iborat işçi guruh tuman markazidan qariyb 165 kilometr uzoqlikda joylaşgan «Kökça» mahalla fuqarolar yiğiniga qaraşli «Oğitma» ovulida böldi.
Bundan közlangan asosiy maqsad olis hududdagi ta’lim muassasalari faoliyatini örganiş, mavjud şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişiş, pedagoglar va aholi vakillari bilan muloqot qiliş, şuningdek, Prezidentimiz taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida hududni kökalamzorlaştiriş işlarini kengaytirişdan iborat böldi.
Safar davomida «Oğitma» ovulidagi 38-sonli umumta’lim maktabi hududida köçat ekiş tadbiri taşkil etildi. Unda maktab hududiga 500 tup mevali daraxt köçati ötqazildi. Uşbu xayrli tadbirda tuman Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi mutasaddilari, umumta’lim maktablari direktorlari, pedagoglar hamda jamoatçilik vakillari faol iştirok etdi.
Ekilgan har bir nihol nafaqat maktab hududining yanada körkamlaşişi, balki kelgusida yaşil boğ barpo etilişi, ekologik muhitning yaxşilanişi va öquvçilarda tabiatga nisbatan mehr-muhabbat tuyğusini şakllantirişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, ta’lim muassasalarida kökalamzorlaştiriş işlarini kengaytiriş orqali bolalarga tabiatni asraş, daraxtlarni parvarişlaş va atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda böliş kabi muhim hayotiy qadriyatlarni amaliy tarzda singdiriş mumkin.
Bugun maktab hududiga qadab qöyilgan 500 tup köçat ertangi kunga qaratilgan ezgu niyat, tabiatga ğamxörlik va kelajak avlod salomatligi uçun qöyilgan muhim qadamdir.
Işçi guruh a’zolari 38-sonli umumta’lim maktabi faoliyati bilan ham yaqindan tanişdi. Maktabda yaratilgan şart-şaroitlar, öquv xonalarining holati, dars jarayonlarining taşkil etilişi, öquvçilarning bilim olişi uçun mavjud imkoniyatlar hamda ta’lim sifatini oşirişga qaratilgan işlar atrofliça örganildi.
Pedagoglar jamoasi bilan ötkazilgan samimiy muloqot jarayonida ta’lim-tarbiya samaradorligini yanada oşiriş, öquvçilarning bilim va salohiyatini rivojlantiriş, ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş hamda mavjud muammolarni bartaraf qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlaş joizki, olis hududlarda faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalarida ham iqtidorli, bilimga çanqoq va katta maqsadlar sari intilayotgan yoşlar talaygina. Buning yaqqol ifodasi sifatida tuman bosqiçida ötkazilgan asosiy fan olimpiadasida ğoliblikni qölga kiritib, viloyat bosqiçiga yöllanma olgan maktab öquvçilarining erişgan natijalarini keltiriş mumkin.
Ana şu iqtidorli öquvçilarga taşakkurnomalar va esdalik sovğalari topşirildi. Yoşlarning bilim va intilişlarini e’tirof etiş, ularni munosib rağbatlantiriş tadbirning eng quvonçli lahzalaridan biri böldi. Bu kabi e’tibor va rağbat yoşlarni yanada katta yutuqlarga undaşi, ularning öz kuçiga bölgan işonçini mustahkamlaşi şubhasiz.
Işçi guruhning keyingi manzili Aynur Berdiyeva tomonidan taşkil etilgan 25 örinli oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim taşkiloti böldi. Mazkur muassasada kiçik yoşdagi bolalar uçun yaratilgan şaroitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining taşkil etilişi, bolalarning kundalik maşğulotlari hamda ularning har tomonlama rivojlanişi uçun mavjud imkoniyatlar bilan tanişildi.
Muassasa rahbariyatiga körsatayotgan faoliyati va bolalar tarbiyasiga qöşayotgan hissasi uçun taşakkurnoma hamda oziq-ovqat mahsulotlari topşirildi. Muloqot davomida muassasa faoliyatida uçrayotgan ayrim muammo va takliflar tinglanib, ularning yeçimi yuzasidan fikr almaşildi. Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxşilaş va faoliyat samaradorligini oşiriş böyiça mas’ullarga tegişli vazifalar belgilab berildi.
Zero, maktabgaça ta’lim bolaning kelgusi hayoti, dunyoqaraşi va şaxs sifatida şakllanişida muhim örin tutadigan dastlabki bosqiçdir. Şu bois bu sohadagi har bir taşabbus va amaliy harakat kelajakka qaratilgan muhim sarmoya hisoblanadi.
Safar davomida amaliy işlar bilan bir qatorda, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, ularning jismoniy faolligini oşiriş va böş vaqtini mazmunli taşkil etiş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Şu maqsadda maktab öquvçilari hamda ustoz-murabbiylar iştirokida futbol musobaqasi taşkil etildi.
Qizğin va döstona ruhda keçgan sport bellaşuvi iştirokçilarga kötarinki kayfiyat bağişladi. Musobaqa davomida öquvçilarning jamoaviylik, hamjihatlik, özaro hurmat va ğalabaga intiliş kabi fazilatlari yana bir bor namoyon böldi. Bunday tadbirlar yoşlarni sportga keng jalb etiş, ularning salomatligini mustahkamlaş, böş vaqtini mazmunli taşkil etiş va soğlom hayot tarzini kundalik turmuş tarziga aylantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kunning ikkinçi yarmida işçi guruh hududda faoliyat yuritayotgan şamol elektr stansiyasida bölib, mazkur ob’yektda amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi. Mutaxassislar tomonidan loyihaning asosiy yönalişlari, şamol energiyasidan elektr energiyasi işlab çiqariş jarayoni, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş imkoniyatlari va bu boradagi istiqbolli rejalar haqida ma’lumotlar berildi.
Qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş bugungi kunda nafaqat energetika sohasining muhim vazifasi, balki ekologik barqarorlikni ta’minlaş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va kelajak avlod uçun musaffo atrof-muhitni saqlaşning ham muhim omilidir. Şu ma’noda, şamol elektr stansiyasi faoliyati bilan tanişiş ham hududda amalga oşirilayotgan zamonaviy bunyodkorlik işlari va energetika sohasidagi imkoniyatlarni yaqindan örganişga xizmat qildi.
Tadbirlar yakunida işçi guruh a’zolari «Oğitma» ovulidan tuman markaziga qaytiş jarayonida qumli çöl hududidan ötuvçi yönalişda ham bölib, mazkur hududning öziga xos tabiiy şaroiti, geografik xususiyatlari va mavjud imkoniyatlari bilan tanişdi.
Uşbu safar yana bir bor şuni körsatdiki, masofaning uzoqligi e’tibor va ğamxörlik körsatişga tösiq böla olmaydi. Muhimi, har bir hududda yaşayotgan insonlarning dardiga quloq tutiş, ularning muammolarini örganiş, ta’lim va tarbiya sifatini oşiriş, obodonlaştiriş işlarini kengaytiriş hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanişdir.
Ğijduvon tumanining eng olis manzillaridan biri bölgan «Oğitma» ovulida amalga oşirilgan mazkur ezgu işlar inson qadrini uluğlaş, hududlarni birdek rivojlantiriş, ta’lim-tarbiyaga e’tiborni kuçaytiriş va ekologik barqarorlikni ta’minlaş yölidagi amaliy harakatlarning yana bir ifodasi böldi.
Eng muhimi, bunday safarlar joylardagi mavjud muammolarni öz vaqtida aniqlaş, ularning yeçimi böyiça aniq çora-tadbirlar belgilaş, taşabbuskor insonlarni qöllab-quvvatlaş va aholi bilan mas’ullar örtasidagi muloqotni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati
