Ğijduvonda “Yaşil makon”: 38 mingdan ortiq köçat va buta ekildi
2026-11-19 16:30:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimi rahbarligida taşkilot va korxonalar vakillari, keng jamoatçilik hamda homiylar iştirokida “Baraka” mahallasi hududidagi “Oltinsoy” dam oliş maskani yaqinida yirik köçat ekiş tadbiri taşkil etildi.
Tadbirda hududlarni kökalamzorlaştiriş, tabiiy muhitni yaxşilaş, daraxtzorlar maydonini kengaytiriş va kelgusi avlod uçun soğlom ekologik muhit yaratiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tuman hokimligi, korxona va taşkilotlar hamda homiylar kömagida mazkur hududga jami 38 226 tup manzarali va mevali daraxt köçatlari hamda butalar ekildi. Bunda hududning iqlim şaroitiga mos, qurğoqçilikka çidamli manzarali daraxtlar, arçalar va turli mevali nihollarni ekişga ustuvor ahamiyat berildi.
Ğijduvon tumanida 2026 yil kuzgi mavsumi davomida jami 1 million 1 ming 470 tup daraxt köçati va buta ekiş rejalaştirilgan. Ayni vaqtga qadar 733 ming 700 tup köçat va buta ekilgani “Yaşil makon” elektron platformasiga kiritilgan bölib, bu umumiy rejaning 73,3 foizini taşkil etmoqda.
Mazkur işlar fermer xöjaliklari ekin maydonlari çetlari, boğ va tutzorlar, mahallalar, aholi tomorqalari, örmon fondi yerlari, avtomobil yöllari yoqalari, daryo va kanal böylari, ta’lim hamda soğliqni saqlaş muassasalari, korxona va taşkilotlar hududlarida tizimli ravişda amalga oşirilmoqda. Şuningdek, çiqindi poligonlari atrofida himoya daraxtzorlari va sanoat korxonalari hududlarida yaşil belboğlar barpo etiş ham belgilangan.
Köçat ekiş tadbiri davomida tuman hokimi iştirokçilarga loyiha doirasida amalga oşirilayotgan işlar, mavsumiy rejalar va oldinda turgan vazifalar haqida ma’lumot berdi. Ayniqsa, köçatlarni hududning tuproq va iqlim şaroitidan kelib çiqib tanlaş, agrotexnik talablarga muvofiq ekiş, öz vaqtida suğoriş hamda muntazam parvarişlaş muhimligi ta’kidlandi. Zero, köçat ekiş bilan bir qatorda, uning kelgusida soğlom ösib-ulğayişi va yaşil maydonlarning barqaror saqlanişini ta’minlaş ham katta mas’uliyat talab etadi.
Tadbirda taşkilot va korxonalar vakillari, mahalla faollari, homiylar va keng jamoatçilikning faol iştiroki tabiatni asraş va obodonlaştiriş yölidagi ezgu taşabbuslarning umumiy hamjihatlik asosida amalga oşirilayotganini namoyon etdi. Ezgulik va bunyodkorlik ruhida ötgan tadbir tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan yanada kötarinki ruhda davom etdi.
Darhaqiqat, daraxt ekiş — bu şunçaki köçat qadaş emas, balki tabiatga mehr, hayotga e’tibor va kelajak avlod oldidagi yuksak mas’uliyat ifodasidir. Bugun yerga qadalgan har bir nihol ertangi kunning soya-salqini, musaffo havosi va gözal manzarasiga aylanadi.
Ğijduvon tumanida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş, yaşil hududlarni kengaytiriş, ekologik barqarorlikni mustahkamlaş va obod maskanlar barpo etiş borasidagi işlar izçil davom ettiriladi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati






