Buxoro şahri: 6-sonli oilaviy poliklinika uçun zamonaviy bino barpo etilmoqda
2026-11-18 16:30:00 / Yangiliklar

Ayni maqsadda Buxoro şahar tibbiyot birlaşmasi tasarrufidagi 6-sonli oilaviy poliklinika uçun zamonaviy, beş qavatli yangi bino qurilmoqda.
Mazkur poliklinika ötgan asr saksoninçi yillarida barpo qilingan bölib, tibbiy xizmat körsatişning zamonaviy talablariga töliq javob bermaydigan moslaştirilgan binoda faoliyat yuritib kelgan. Muassasa “Şirbuddin” va unga yondoş 6 ta mahallada yaşovçi jami 35 mingdan ortiq aholiga tibbiy xizmat körsatadi.
Tibbiyot muassasasiga yangi bino qurilişi esa investitsiya dasturi doirasida amalga oşirilmoqda. Bu loyihaning umumiy qiymati 24 milliard sömni taşkil etadi. Şundan 22 milliard söm quriliş işlariga, 2 milliard söm esa poliklinikani ilğor zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlaşga yönaltirilmoqda.
Bunda quriliş işlarini pudratçi sifatida “XMM Group” MÇJ binokorlari belgilangan me’yor talablari asosida olib bormoqdalar.
Loyihaga muvofiq, yangi tibbiyot muassasasida oilaviy şifokorlar va tor doiradagi mutaxassislar uçun alohida qabul xonalari, telemeditsina orqali maslahat beriş xonalari, markaziy sterilizatsiya bölimi, muolaja xonalari hamda stomatologiya bloki taşkil etilişi közda tutilgan.
Şuningdek, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanadigan muassasada bemorlarga taşxis qöyiş va davolaş imkoniyatlari kengayadi. Muhimi, yangi binoning foydalanişga topşirilişi natijasida 35 mingdan ortiq aholi uçun birlamçi tibbiy xizmat körsatiş şaroitlari tubdan yaxşilanib, tibbiy xizmat sifati va samaradorligi yanada oşiriladi.
Bu kabi loyihalar aholi salomatligini muhofaza qiliş, tibbiyot infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va har bir fuqaro uçun sifatli tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyatini yaratişga xizmat qiladi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati







