Botir Zaripov «Eksim Holding» kompaniyasi rahbariyati bilan uçraşdi
2026-11-17 18:20:00 / Yangiliklar

Uçraşuvda kompaniya vakillari öz faoliyati, amalga oşirayotgan loyihalari hamda elektr energetikasi sohasida töplagan tajribasi haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanganidek, 1986-yilda Tivnikli oilasi tomonidan taşkil etilgan «Eksim Holding» Turkiyaning yirik investitsiya guruhlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda uning tarkibida 20 dan ortiq şö’ba kompaniya faoliyat yuritib, qariyb 10 ming nafar xodim mehnat qiladi. Guruh faoliyatining asosiy yönalişlari qayta tiklanuvçi energetika, elektr energiyasini taqsimlaş va çakana sotiş, agrosanoat hamda vençur investitsiyalarini qamrab oladi.
Kompaniya vakillari Buxoro viloyatida elektr energiyasini taqsimlaş tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, zamonaviy texnologiyalar asosida yangilaş hamda xususiy boşqaruvga ötkaziş orqali sohaga investitsiyalar jalb etişdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.
Mazkur taşabbusdan közlangan asosiy maqsad — elektr tarmoqlarining işonçliligini oşiriş, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qiliş va iste’molçilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlaşning samarali tizimini yölga qöyişdan iborat.
Viloyat hokimi hududning energetika sohasidagi salohiyati, xususan, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş kölamini kengaytiriş borasida amalga oşirilayotgan işlarga töxtaldi. Şuningdek, Buxoroda «yaşil» energetika uluşini oşiriş, energiya saqlaş tizimlarini keng joriy etiş, zamonaviy energiya saqlaş qurilmalari sonini köpaytiriş hamda uşbu yönalişlarda investitsiya loyihalarini amalga oşiriş yuzasidan öz taklif va mulohazalarini bildirdi.
Ma’lumot uçun, «Eksim Holding» tarkibidagi «Dicle Elektrik» kompaniyasi Turkiyada elektr energiyasini taqsimlaş sohasidagi yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Kompaniya 2013 yilda xususiylaştiriş jarayonida xarid qilingan bölib, mamlakatning janubi-şarqidagi oltita viloyatda elektr energiyasini taqsimlaş xizmatlarini körsatadi. Bugungi kunda uning 2,5 milliondan ortiq abonenti mavjud.
Kompaniya tomonidan elektr energiyasini taqsimlaş tarmoqlarini modernizatsiya qilişga qariyb 45 milliard turk lirasi miqdorida investitsiya kiritilgan. Natijada elektr energiyasi yöqotişlari va noqonuniy iste’mol darajasi 2013 yildagi 76 foizdan 2024 yilda 42 foizgaça kamaytirilgan.
Şuningdek, «Eksim Enerji» kompaniyasi qayta tiklanuvçi energetika yönalişida, xususan, şamol, quyoş va gidroenergetika sohalarida faoliyat yuritadi. 2025 yil yakunlariga köra, kompaniyaning mazkur yönalişlardagi umumiy örnatilgan quvvati qariyb 1,2 GVtni taşkil etgan.
Uçraşuv davomida elektr energiyasini taqsimlaş tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, xususiy sektor investitsiyalarini jalb etiş, sohada ilğor boşqaruv tajribasini joriy qiliş va hamkorlikning istiqbolli yönalişlari yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.
Tomonlar Buxoro viloyati energetika infratuzilmasini rivojlantiriş, uning işonçliligi va samaradorligini oşirişga qaratilgan investitsiyaviy hamkorlik imkoniyatlarini körib çiqdilar.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









