Kogon tumani: “Naqşband hunarmandlari” imkoniyatlarini kengaytirmoqda
2026-11-17 11:25:00 / Yangiliklar

Hududda Boğibolo, Çorçinor, Yangi yöl, Orifon kabi öndan ziyod köça bölib, jumladan, 2 ta umumta’lim maktabi, 1 ta davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti, 8 ta oilaviy bolalar boğçasi, qator korxona va taşkilot, mehnat jamoalari, önlab tadbirkorlik subyekti va kiçik korxona faoliyat körsatmoqda.
Hududda xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularga imkoniyat va daromad manbalarini yaratiş, jamiyatdagi faolligini oşiriş, biznes rejalarini röyobga çiqariş borasida kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni mehnat faoliyatiga jalb etişga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Inobat Jalilova ham ana şunday taşabbuskor ayollardan biri. U özining “Naqşband hunarmandlari” mas’uliyati çeklangan jamiyatini taşkil etib, tikuvçilik yönalişida samarali faoliyat olib bormoqda. Ayni kunda kiçik korxonada bolalar kiyim-keçagi, milliy liboslar, ayollar kiyimlari hamda çoyşablar bejirim tikib tayyorlanayotgani buyurtmaçilarga manzur bölmoqda.
Mahalllada işsiz ayollarni kasb-hunarga örgatiş va daromad topişiga kömaklaşiş maqsadida hozirda 15 nafardan ortiq xotin-qiz Inobat Jalilolovaning sexida tikiş-biçişga jalb qilinib, çevarlik kasbi sirlarini puxta özlaştirmoqda. Şulardan tikuvçilik yönalişini yaxşi egallagan 13 nafar çevar ayol korxonaga işga qabul qilingan. Yana kasanaçilik asosida mehnat qilib, muntazam daromad topiş imkoniyatiga ega bölayotganlar bor. E’tiborlisi, iş bilan ta’minlangan ayollarning 6 nafari nogironligi bölgan fuqarolar, uy bekalaridir.
Korxonada tikib tayyorlangan mahsulotlar içki bozorda, şuningdek, internet-dökonlar orqali xaridorlarga yetkazilmoqda. Birgina taşabbus va tikuv sexining oylik daromadi örtaça 30 million sömdan ortiqni taşkil etmoqda. Tikuvçilar jamoasi ayni paytda “Sarayon” mahalla fuqarolar yiğini ma’muriy binosida, böş turgan xonada şartnoma asosida faoliyat yuritmoqda.
Muhimi, Inobat Jalilovaning tadbirkorlik faoliyati xotin-qizlar salohiyatini röyobga çiqariş, işsiz xotin-qizlarni moddiy manfaatli iş bilan ta’minlaş, nogironligi bölgan ayollar uçun munosib mehnat şaroitini yaratişga xizmat qilmoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati
