Ğijduvon: Zarangari mahallasida “Prokuror boği” barpo qilinmoqda
2026-11-16 20:15:00 / Yangiliklar
“Yaşil makon” — yurt obodligi va kökalamzorligi, ekologik barqarorlik yölida ezgu taşabbus! “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida Ğijduvon tumanida ham mahalla va qişloqlarni kökalamzorlaştiriş, yaşil maydonlarni kengaytiriş, atrof-muhit musaffoligini ta’minlaş borasidagi işlar izçil davom ettirilmoqda.

Xususan, Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari taşkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan “Prokuraturaning 35 yilligiga — 35 ming tup daraxt” şiori ostidagi aksiya tadbiri tumanda ham uyuşqoqlik bilan taşkil etildi.
Ğijduvon tumani prokuraturasi taşabbusi bilan Majburiy ijro byurosi tuman bölimi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda Ekologiya va örmon xöjaligi hamkorligida “Zarangari” mahallasida faoliyat yuritayotgan 10-sonli umumta’lim maktabi hududidan tanlangan yer maydonida “Prokuror boği” taşkil etişga kirişildi.
Tadbir doirasida boğ uçun ajratilgan yer maydoni agrotexnik jihatdan tayyorlandi, mahalliy öğit kiritilib, suğorib haydalganidan söng tuproq-tekislaş işlari bajarildi. Şundan söng bu yerda 675 tup manzarali va 675 tup mevali, jami 1 350 tup daraxt köçatlarini ötqaziş işlari boşlandi. Köngillilar haşariga aylangan bu tadbirda huquqni muhofaza qiliş idoralari vakillari bilan birga mahalla faollari, yoşlar iştirok etdilar.
Ta’kidlaş joizki, joriy yil kuzgi mavsumida tuman böyiça daraxt va buta köçatlari ötqaziş kölami ikki barobar oşirilib, jami 1 million 984 ming tup köçat ötqaziş çora-tadbiri körilmoqda. Zero, bugun har bir ötqazilayotgan nihol—tabiatga mehr, kelajak avlodga e’tibor va yurtimiz ekologik barqarorligiga qöşilayotgan munosib hissadir. “Prokuror boği” nafaqat yaşil hudud, balki yoş avlod qalbida tabiatga mehr, atrof-muhitga mas’uliyat va ekologik madaniyatni şakllantirişga xizmat qiluvçi ezgu taşabbusdir.
Tabiatni asraş, yaşil makonlarni köpaytiriş, mahalla va qişloqlarni körkam, sölim maskanga aylantiriş—şu yurtda yaşayotgan har bir fuqaroning zimmasidagi burçi, vijdon amridir!
Viloyat hokimligi matbuot xizmati
