Olot: “Mehr va şifo markazi” faoliyati yölga qöyildi
2026-11-16 10:05:00 / Yangiliklar
"Eski Olot" mahalla fuqarolar yiğinida özgalar parvarişiga muhtoj aholi vakillarini qöllab-quvvatlaş, ularga ijtimoiy va tibbiy xizmatlar körsatiş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan “Mehr va şifo markazi” öz faoliyatini boşladi.

Tadbirda tuman hokimligi, tegişli taşkilot va idoralar mutasaddilari iştirok etişib, markaz faoliyatining yölga qöyilişi yurtimizda inson qadri, ijtimoiy himoya va mehr-oqibat tamoyillarining amaliy ifodasi ekanini ta’kidladilar.
Mazkur taşabbus Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 376-sonli qarori asosida amalga oşirilayotgan “Faol hayotga qadam” dasturi doirasidagi işlarning mantiqiy davomidir.
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Buxoro viloyati boşqarmasi hamda tumanda faoliyat yuritayotgan “Ofarin-444” oilaviy korxonasi örtasida tuzilgan şartnomaga muvofiq, ayni kunda hududda 116 nafar özgalar parvarişiga muhtoj, nogironligi bölgan fuqaroga 10 nafar mutaxassis assistent va 6 nafar hamşira tomonidan ijtimoiy, maişiy hamda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar körsatib kelinmoqda.
Şuningdek, ehtiyojmand fuqarolarni qöllab-quvvatlaş xizmatlari kölamini kengaytiriş maqsadida kunduzgi qatnov asosida ehtiyojmand fuqarolarni parvarişlaş va holidan xabar oliş xizmati ham joriy qilingan. Hozirda önga yaqin fuqaro uşbu xizmatdan foydalanmoqda.
Xizmat doirasida fuqarolarga haftasiga beş iş kuni davomida, kuniga sakkiz soatgaça parvariş körsatiş, ular bilan muloqot qiliş, öz-öziga xizmat körsatiş könikmalarini şakllantiriş hamda tyutorlik xizmatlari taqdim etiş nazarda tutilgan. Ularni 10 kilometrgaça bölgan masofadan olib keliş va qaytarib olib boriş uçun transport xizmati ham yölga qöyilgan.
Markaz faoliyati oçilganiga bağişlab taşkillaştirilgan tadbirda şu kabi ijtimoiy muhofazaga olingan aholi toifasi uçun unda yaratilgan şart-şaroit, yaqin oylardagi reja va çora-tadbirlaro xususida fikr almaşildi. Olis tumanda yangi markaz faoliyatining yölga qöyilgani har jihatdan yordamga muhtoj fuqarolar kundalik hayotini yengillaştiriş, ularning yaqinlariga dalda böliş, oilalarga kömak beriş yölidagi xayrli qadamdir.
Tadbirda xayriya dasturxoni yozilib, ezgu niyatlar bilan duoga qöl oçildi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









