Qoraköl: “Yaşil makon”—Döstlik mahallasi misolida
2026-11-14 15:20:00 / Yangiliklar

Uşbu ezgu taşabbus doirasida tumanning “Döstlik” mahalla fuqarolar yiğinida köçat ötqaziş tadbiri uyuşqoqlik bilan taşkillaştirildi. Tadbirda Özbekiston mahallalari uyuşmasi Buxoro viloyati boşqarmasi boşliği Şerzod Aşurov, tuman hokimi Xurşid Toxirov boşçiligidagi mas’ullar, korxona va taşkilotlar işçi-xodimlari, jamoatçilik, şuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.
Ta’kidlaş joizki, joriy mavsumda Qoraköl tumanida qariyb 2 million 200 ming tup daraxt va buta köçatlarini ötqaziş harakati bormoqda. Bu esa tuman hududida yaşil maydonni kengaytiriş, ekologik muvozanatni mustahkamlaş, quruq, çang va issiq havo ta’sirini kamaytiriş, kelajak avlod uçun yanada musaffo, obod muhit yaratişda muhim qadamdir.
Tadbir davomida hududning iqlim va tuproq şaroitiga mos manzarali hamda mevali daraxt köçatlari ötqazilib, mahallaning “yaşil qiyofasi”ni yanada boyitiş, obodonlaştiriş va ekologik muhitni yaxşilaşga qaratilgan işlar amalga oşirildi.—Köçat ötqazib boğ yaratiş, tabiatni asrab-avaylaş xalqimizning ming yillardan beri davom etib kelayotgan qadriyatidir. Ajdodlarimiz yangi tuğilgan farzandga atab, uning ismi bilan daraxt qadab qöygan. Farzand ham, daraxt ham birga kamol topgan. Biz ham şu xayrli an’anani davom ettirib, bugungi avlodga yaşil tabiat, soğlom va obod muhit qoldirişimiz ham qarz, ham farzdir,— deydi mahallalar uyuşmasi viloyat boşqarmasi boşliği Şerzod Aşurov.
Aholining köngilli xayrixohligi, haşarga aylangan nihol ötqaziş tadbirida yaşil hududni kengaytiriş faqat köçat ekiş bilan çeklanib qolmasdan, balki ularni parvarişlaş, suğoriş va kelgusida unib-ösişini ta’minlaşga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada tuman hokimligi, obodonlaştiriş boşqarmasi, mahalla ma’muriyati zimmasiga qator vazifalar yuklandi. Mas’ullar ötqazilgan har bir köçatning tutib, ösib ketişi va saqlanişi ustidan tizimli nazorat örnatadigan bölişdi.—Bugun böş yotgan yerni obod qilib, yoşlarga boğ yaratiş tajribasini örgatib, ularda tabiat bilan vobasta yaşaş könikmasini şakllantirayotganimiz quvonarli, albatta,—deydi şu mahallada yaşovçi mehnat faxriysi Baxtiyor Rajabov.—Kun kelib bugun parvarişi boşlangan nihollar soyasida qişloqdoşlarimiz dam olib, bizni duo qilişadi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati
