Şofirkon: "Nurafşon çorva mahsulotlari" fermer xöjaligida ham yangi imkoniyat va loyihalar...
2026-11-14 15:05:00 / Yangiliklar

Jumladan, agrar tarmoqda 20 yillik tajribaga ega "Nurafşon çorva mahsulotlari" fermer xöjaligi ham ayni paytda 30 gektar yer maydonida dehqonçilik qilib, möl hosil yetiştirmoqda. Joriy yilda xöjalik mehnatkaşlari 13 gektar yerda sanoat uçun qimmatbaho xom aşyo—paxta yetiştirgan bölsalar, 10 gektarda yetiştirilgan ğalla hosilidan 65 tonna atrofida sara xirmon kötarib, önga yaqin oila moddiy manfaatdorligiga hissa qöşdilar.
Axtam Farmonov rahbarlik qilayotgan fermer xöjaligi keyingi yillarda çorva mollari parvarişiga alohida e’tibor qaratib, 7 gektar yerda makkajöxori, ötbeda, tariq, arpa kabi ozuqabop ekinlarni yetiştirib, sut va göşt yönalişida naslli qoramollar boş sonini oşirmoqda. — Ötgan yillarda Çiğilbak qişloğida 36-40 gektargaça yerda paxtadan 45 sentnerdan oşirib hosil kötargan bölsak, sönggi yillarda xorijiy navga mansub, Xitoy çigitidan ekib, yuqori hosildorlikka erişmoqdamiz,—deydi fermer Axtam Farmonov. — Dastlabki yillardan xöjaligimizda sara buğdoy yetiştirib, bu borada gektarlar hosildorligini 80 sentnerga yetkazgan bölsak, tovuq parvarişiga ham jiddiy e’tibor qaratib, xonadonimiz daromad manbaini yaratgan bölsak, endilikda biz kabi fermerlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar tufayli qoramol boqişni rivojlantirişga ahd qildik.
Şu kunlarda xöjalik dala çetidan 20 sotix yer maydoni ajratilib, unda talab darajasidagi çorvaçilik majmuasi barpo etilmoqda. Ayni paytda fermer xöjaligida parvarişlanayotgan çorva moli soni 40 boşdan oşgan bölsa, yaqin oylarda bu körsatkiçni 100 boşga yetkaziş harakatiga kirişilgan. Buning uçun esa fermer “Xalq banki” tuman filiali bilan hamkorlikda 1 milliard söm kredit mablağini rasmiylaştirib olgani qöl kelmoqda.
Zotdor qoramollardan kamida 40 boş sigir parvarişlab, sut yetiştirişni köpaytiriş, istiqbolda sutni qayta işlaş sexini taşkil etiş, şuningdek, bördoqiga mol boqib, aholi dasturxoni uçun sarxil göşt yetiştiriş "Nurafşon çorva mahsulotlari"ning yaqin oylardagi istiqbolli loyihalaridir. Zero, har bir röyobga çiqarilayotgan loyiha ortida qöşimça iş örinlari, iqtisodiy ösiş, mehnat jamoasi turmuş farovonligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaşdek ezgu maqsadlar mujassam.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati




