Buxoroda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman kunlarida murakkab jarrohlik amaliyotlari ötkazildi
2026-11-13 20:35:00 / Yangiliklar
Joriy yil 10–13-noyabr kunlari respublika Şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida ”Endoskopiyada zamonaviy ilğor texnologiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar bölib ötmoqda. Unda Janubiy Koreya, Turkiya, Rossiya, Qozoğiston, Tojikistondan kelgan yetakçi tibbiyot xodimlari, endoskopist olimlar, şuningdek, respublika markazi hamda hududlardan kelgan mutaxassislar iştirok etmoqda.

Tört kunlik seminar davomida ilmiy ma’ruzalar, amaliy maşğulotlar, mahorat darslari bilan bir qatorda zamonaviy endoskopik texnologiyalarni amaliyotda qöllaşga qaratilgan murakkab tibbiy amaliyotlar ham ötkazilmoqda.
Şunday amaliyotlardan biri — endoskopik gastrosliv (“Endoscopic Sleeve Gastroplasty”) bölib, u ortiqça vazn va semizlikni davolaşda qöllaniladigan zamonaviy kam invaziv texnologiyalardan hisoblanadi.
Mazkur usulning öziga xosligi şundaki, oşqozon hajmi qorin sohasida taşqi jarrohlik kesmalari amalga oşirilmagan holda, oğiz orqali kiritiladigan maxsus endoskopik uskuna yordamida kiçraytiriladi. Oşqozon devorlariga maxsus çoklar qöyiş orqali uning içki şakli özgartiriladi. Bu esa ovqat iste’moli miqdorini kamaytiriş va bemor vaznini nazorat qiliş imkonini beradi. Ayni paytda xorijiy mutaxassis vraçlar mahalliy şifokorlar bilan hamkorlikdagi amaliyotlari muvaffaqiyatli keçmoqda.
Bu amaliyotning xalqaro anjuman doirasida bajarilayotgani xorijiy ilğor tajriba va innovatsion yondaşuvni örganiş, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni mahalliy amaliyotga tatbiq etiş hamda mutaxassislarning amaliy könikmalarini oşirişdir. Endoskopik jarrohlikning bunday yönalişlarini rivojlantiriş bemorlarga kam invaziv davolaş usullarini taklif etiş, tibbiy xizmat sifatini oşiriş va hududlarda yuqori texnologik tibbiy yordam imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Buxoro şahri mezbonligida ötayotgan xalqaro konferensiya va murakkab jarrohlik amaliyotlari mahalliy va xorijiy mutaxassislar örtasida tajriba almaşiş, ilğor tibbiy yutuqlarni amaliyotga joriy etiş uçun muhim ilmiy-amaliy maydon vazifasini ötamoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









