Buxoroda ekologik barqarorlikni ta’minlaş va çöllanişga qarşi kuraşiş masalalari muhokama qilindi
2026-11-12 18:40:00 / Yangiliklar

Unda Senatning Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi raisi Anvar Tuyçiyev, qömita raisi örinbosari Sayyora Abdikarimova, viloyat hokimi, senator Botir Zaripov, xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengaşi deputatlari, viloyat hokimligi mas’ullari, soha mutasaddilari, işçi guruh a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Qöşma yiğilişga xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengaşi raisi Jamol Aşurov raislik qildi.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2026 yil ikkinçi yarim yilligiga möljallangan iş rejasiga muvofiq, Buxoro viloyatida barqaror rivojlaniş maqsadlari doirasida örmonlaştiriş, çöllanişga qarşi kuraşiş, çang-tözonlar kötarilişining oldini oliş hamda ekologik barqarorlikni ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar holati muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda ekologik barqarorlikni ta’minlaş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, örmonzorlar va yaşil hududlar maydonini kengaytiriş, yerlar degradatsiyasiga qarşi kuraşiş hamda iqlim özgarişining salbiy oqibatlarini yumşatiş dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Şu maqsadda Senatning Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi işçi guruhi tomonidan joriy yilning 11–12-noyabr kunlari Buxoro viloyatida mazkur yönalişlarda amalga oşirilayotgan işlar örganildi. Örganiş davomida sohada erişilgan natijalar, mavjud muammo va kamçiliklar, şuningdek, ularni bartaraf etiş imkoniyatlari tahlil qilindi.
Qöşma yiğilişda işçi guruh tomonidan ötkazilgan örganiş natijalari yuzasidan axborot berildi. Şuningdek, viloyat hokimining tegişli sohalar böyiça örinbosari H.Davlatov, viloyat Qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği örinbosari S.Ergaşev hamda Buxoro davlat örmon xöjaligi direktori R.Hojiyevning hisobotlari tinglandi.
Ma’ruzalar va muhokamalar davomida örmonlaştiriş işlarining samaradorligini oşiriş, çöllaniş jarayonlarining oldini oliş, çang-tözonlar tarqalişini kamaytiriş, hududlarda yaşil maydonlarni kengaytiriş, şuningdek, belgilangan vazifalar ijrosida mas’ul taşkilotlar faoliyatini yanada kuçaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputatlar tomonidan sohadagi mavjud muammolar, ularning yeçimlari va kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlar yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflar bildirildi.
Yiğilişda xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengaşining Agrar, suv xöjaligi va ekologiya masalalari böyiça doimiy komissiyasi raisi H. Artikova ham kun tartibidagi masala yuzasidan komissiya xulosasini bayon qildi.
Muhokamalar yakunida bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olingan holda tegişli qaror qabul qilindi.
Qabul qilingan qaror ijrosi xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengaşi tomonidan belgilangan tartibda nazoratga olinadi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









