Botir Zaripov tadbirkor yoşlar bilan uçraşdi
2026-11-12 17:50:00 / Yangiliklar

Şu maqsadda viloyat hokimi Botir Zaripov yoş tadbirkorlar hamda öz biznes loyihalarini amalga oşiriş istagida bölgan taşabbuskor yigit-qizlar bilan oçiq muloqot ötkazdi.
Uçraşuvda viloyatning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan yoş tadbirkorlar öz biznes tajribalari, istiqboldagi rejalari, yangi loyihalari va faoliyat jarayonida duç kelayotgan muammolari haqida söz yuritdilar. Yoşlarning taklif va taşabbuslari tinglanib, ularni amalga oşiriş imkoniyatlari atrofliça muhokama qilindi.
Muloqot davomida yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş, işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohalarida yangi loyihalarni yölga qöyiş, mavjud korxonalar faoliyatini kengaytiriş, mahsulotlar turini köpaytiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş hamda mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoşligini oşiriş masalalariga e’tibor qaratildi.
Ayniqsa, öz biznesini boşlaş istagida bölgan yoşlarga amaliy kömak beriş, ularni moliyaviy qöllab-quvvatlaş, imtiyozli kredit va subsidiyalardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, yer va bino-inşootlar ajratiş, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş bilan boğliq masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Viloyat hokimi yoş tadbirkorlarning har bir murojaati va taklifini diqqat bilan tinglab, kötarilgan masalalarni tegişli mutasaddilar iştirokida örganiş zarurligini ta’kidladi. Bunda tadbirkorning faoliyatini rivojlantirişga tösqinlik qilayotgan muammolarni öz vaqtida aniqlaş va ularning qonuniy yeçimini topiş muhimligi qayd etildi.
Şuningdek, yoşlarning yangi biznes ğoyalarini qöllab-quvvatlaş, ularni tadbirkorlik könikmalariga örgatiş borasida amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, yoşlar tadbirkorligining rivojlanişi nafaqat ularning şaxsiy daromadlari ortişi, balki hudud iqtisodiyotining yuksalişi, aholi bandligining ta’minlanişi va kambağallikni qisqartirişda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Şu bois har bir istiqbolli taşabbusni qöllab-quvvatlaş, uning hayotga tatbiq etilişi uçun zarur şaroitlarni yaratiş dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Uçraşuv yakunida bildirilgan taklif va murojaatlar böyiça tegişli mas’ullarga vazifalar belgilab berildi. Kötarilgan masalalarni hal etiş, yoş tadbirkorlarning loyihalarini amalga oşirişda amaliy yordam körsatiş hamda belgilangan vazifalar ijrosini nazoratga oliş yuzasidan kelişib olindi.
Bunday oçiq muloqotlar yoşlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş, ularning taşabbuslariga keng yöl oçiş va viloyat iqtisodiyotida yoş işbilarmonlar uluşini oşirişga xizmat qiladi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









