#qabul
2026-11-09 18:45:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Qalandarov viloyat Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
Qabulda fuqarolardan diniy-ma’rifiy hamda boshqa sohalarga oid masala va muammolari yuzasidan murojaat qilishdi.
Murojaatlarni o‘rganish jarayonida fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
