Buxoroda tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni keng nişonlandi
2026-11-07 15:10:00 / Yangiliklar

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabat bilan bugun Buxoro şahridagi “Zarafşon Hall” tantanalar saroyida şarafli kasb egalarini qutlaş marosimi bölib ötdi. Tadbirga viloyatimizdagi davolaş-profilaktika muassasalari rahbar-xodimlari, tibbiyotçi olimlar va mutaxassislar taklif etildi.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov tadbir iştirokçilari va viloyatimizning barça tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.
E’tirof etilganidek, Prezidentimiz taşabbusi bilan sönggi yillarda soğliqni saqlaş sohasida misli körilmagan özgarişlar amalga oşirib kelinmoqda. Yurtimizda soğliqni saqlaş tizimini izçil isloh qiliş orqali inson manfaatlarini ta’minlaş, fuqarolarimiz salomatligini mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, viloyatimizda soğliqni saqlaş tizimini tubdan isloh qiliş va yangi bosqiçga kötariş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Joriy yil viloyatda 80 ta tibbiyot muassasasining quriliş-ta’mirlaş sarf-xarajatlariga 305 milliard söm mablağ ajratildi. Tumanlardagi öttizdan ortiq ortiq muassasa zamonaviy talablar asosida yangidan jihozlandi.
Viloyatda tibbiyot infratuzilmasini rivojlantiriş bilan bir qatorda, 41 mingdan ortiq soha xodimlarining mehnat şaroitini yaxşilaş, ularning kasbiy ösişini qöllab-quvvatlaş va jamiyatdagi obrö-e’tiborini yanada oşiriş ayni kundagi dolzarb vazifa. Zero, şarafli kasb egalari bölmiş şifokorlar uçun eng katta mukofot – bemorning soğayib, öz oilasi bağriga qaytişidir. Samimiy minnatdorlik esa soğaygan insonning közidagi quvonç va uning yaqinlari duosidir. Bu baxt hamma kasb egalariga ham nasib etavermaydi.
Buxoro tibbiyoti haqida söz yuritganda, nafaqat bugungi yutuqlarimiz, balki asrlar davomida şakllangan buyuk ilmiy an’analarimiz ham ğurur bilan tilga olinadi. Binobarin Buxoro – buyuk allomalar, ilmu ma’rifat va tibbiyot an’analari bilan dunyoga tanilgan muqaddas zamin. Buyuk bobomiz Abu Ali ibn Sino aynan şu zaminda tavallud topib, özining beqiyos ilmiy merosi bilan jahon tibbiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qöşgan.
Tantanali tadbirda qişloq va mahallalarda aholiga xizmat körsatayotgan oilaviy şifokorlar, tez tibbiy yordam xodimlari, jarrohlar, pediatrlar, hamşiralar, farmatsevtlar va tibbiyot tizimida mehnat qilayotgan barça mutaxassis va tor soha vakillariga samimiy minnatdorlik bildirildi.
“Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni” munosabati bilan soğliqni saqlaş tizimida köp yillardan buyon samarali faoliyat yuritib, aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatiş, sohani rivojlantiriş hamda yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlar ijrosini ta’minlaşga munosib hissa qöşib kelayotgan, özining fidoyiligi, kasbiy mahorati, taşabbuskorligi va yuksak insoniy fazilatlari bilan hamkasblariga namuna bölayotgan bir guruh tibbiyot va farmatsevtika xodimlari “Soğliqni saqlaş a’loçisi” kökrak nişoni, viloyat hokimining Taşakkurnoma hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Kasb bayramini nişonlayotgan tibbiyot xodimlari uçun bayram dasturxoni yozilib, unda viloyat xuşovoz xonandalari, estrada qöşiqçilari çiqişlari, diltortar kuy-qöşiqlar davraga fayz bağişladi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati
