Buxoro şahri: Havzinavda Marjona Umarova singari çevarlar safi kengaymoqda
2026-11-07 09:40:00 / Yangiliklar
Viloyat markazidagi “Havzinav” mahalla fuqarolar yiğinida bugunga kelib 801 ta xonadon, 1 465 ta oila va ularda jami 4 ming 200 nafarga yaqin aholi vakili umrguzaronlik qilmoqda.

Hududda tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş maqsadida joriy yil boşidan "Oilaviy tadbirkorlik", "Biznesga birinçi qadam", "Mahalla loyihasi" dasturlari doirasida tijorat banklaridan zarur mablağ ajratib borilayotgani qator xayrli işlarga asos bölmoqda.
Tahlillardan körinişiça, mahallada biznes loyihalari, işbilarmonlik taşabbuslarini röyobga çiqariş uçun joriy yil birinçi yarmida 915 million söm miqdoridagi imtiyozli moliyaviy resurs sarflangan bölsa, yil yakuniga qadar yana şunça sarmoya tadbirkorlik taşabbuslari amaliyotiga sarflanmoqda. "Mahallabay" işlaş tizimi asosida hududda aholi, ayniqsa. xotin-qizlar bandligini ta’minlaş, ular daromad manbalarini kengaytirişga qaratilgan amaliy işlar mahallada izçil davom ettirilmoqda.
Mahallada xotin-qizlarni tadbirkorlik, kasanaçilik va hunarmandçilikka keng jalb etiş borasida samarali işlar amalga oşirilayotgani, mahalladagi ijtimoiy muhit yanada yaxşilanayotganini taşabbuskor va hunarmand ayollardan biri Marjona Umarovaning faoliyati misolida ham yaqqol köriş mumkin.
Çarmgaron köçasi, 36/1-uyda istiqomat qiluvçi Marjona Umarova köp yildirki, çevarlikni özlaştirib, turli çoyşab va kiyim-keçak tikib, mahalladoşlarining hurmat va e’tiborini qozonib kelayotgandi. Tinib-tinçimas, izlanuvçan va tadbirkorlikka iştiyoqi baland tikuvçi ayol öz faoliyatini yanada kengaytiriş maqsadida hokimning mahalladagi yordamçisi tavsiyanomasi asosida 17 million söm miqdorida imtiyozli kredit mablağini olib, işini kengaytirdi.
Endilikda u körpa, körpaça va yostiqlar, şuningdek, mato bölaklari, qirqimlar va quroqlardan turli xil yostiq hamda töşamalar tayyorlab, buyurtmaçilarga sifatli mahsulotlar yetkazib bermoqda. Bejirim tikib tayyorlanayotgan qöl mehnati mahsulotlari öz xaridorini topib, çevarga buyurtmalar soni ham ortib bormoqda.
Quvonarlisi, birgina imtiyozli kredit sarmoyasi va ayolning intilişi orqali bir xonadon ahli uçun imkoniyatlar eşigi oçildi. Bu esa hunar orqali daromad topiş, oila turmuş farovonligini oşiriş, öz mehnati bilan jamiyatda munosib örin egallaş mumkinligi namunasidir.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati




