Hayot yöli — mehnat va sadoqat timsoli: Amrillo Nazarov - 60 yoşda!
2026-11-07 09:10:00 / Yangiliklar

Ana şunday hayot mezonini halol mehnat, mas’uliyat va sadoqat deb bilgan, butun umrini qişloq xöjaligi sohasi taraqqiyotiga bağişlagan insonlardan biri — tajribali rahbar, qişloq xöjaligi sohasining bilimdoni Nazarov Amrillo Ibragimoviçdir.
Inson umrining har bir fasli öziga xos mazmun va qadriyatga ega. Oltmiş yoş esa ortga nazar taşlab, bosib ötilgan yölni sarhisob qiliş, hayot saboqlari va mehnat samaralarini qadrlaş pallasidir. Amrillo Nazarov ham bugun umrining ana şunday fayzli manziliga yetib kelar ekan, uning ortida yillar davomidagi izlanişlar, maşaqqatli mehnat, mas’uliyatli vazifalar va hayotiy tajriba mujassam.
1966-yil 7-noyabrda Romitan tumanida tuğilgan Amrillo Nazarovning mehnat faoliyati qişloq xöjaligi sohasi bilan çambarças boğliq. Uşbu sohaga bölgan qiziqiş va intiliş uni Andijon paxtaçilik institutiga yetakladi. 1991-yilda mazkur oliygohni tamomlab, olim-agronom mutaxassisligiga ega bölgan yoş mutaxassis öz mehnat faoliyatini ona yurti — Romitan tumanida boşladi.
Dastlab şaxsiy yordamçi xöjaliklar egalari uyuşmasida taşkilotçi, keyinçalik davlat va jamoa xöjaliklarida agronom sifatida faoliyat yuritdi. Bu yillar uning kasbiy şakllanişi, yerga mehr, dehqon mehnatining qadri va qişloq xöjaligi maşaqqatlarini çuqur anglaş davri böldi.
Keyingi faoliyati davomida turli mas’ul lavozimlarda işlab, agrar soha rivojiga munosib hissa qöşdi. Buxoro viloyati hokimligi tizimidagi xizmatlari, tuman va viloyat qişloq va suv xöjaligi boşqarmalaridagi rahbarlik faoliyati, ğöza uruğçiligi tizimidagi mehnati uning sohadagi bilim va tajribasini yanada boyitdi.
Ayniqsa, paxtaçilik, uruğçilik, dehqonçilik va suv xöjaligi yönalişlarida orttirgan köp yillik tajribasi uning faoliyatida muhim örin tutadi. Zero, qişloq xöjaligi şunday sohaki, unda natijaga erişiş uçun nafaqat bilim va malaka, balki sabr-toqat, izlaniş, tabiat injiqliklarini anglaş va har bir işga katta mas’uliyat bilan yondaşiş talab etiladi.
Amrillo Nazarovning rahbarlik faoliyatidagi yana bir muhim bosqiç 2017–2020-yillarda Peşku tumani hokimi sifatida işlagan davri bilan boğliq. Bu mas’uliyatli vazifa undan keng dunyoqaraş, taşabbuskorlik, odamlar bilan işlaş mahorati va murakkab masalalarga yeçim topiş qobiliyatini talab etardi.
2020-yil 2-dekabrdan Buxoro viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Amrillo Nazarov davlat boşqaruvi tizimida ham özining köp yillik amaliy tajribasi va sohaviy bilimlariga tayangan holda mehnat qilmoqda.
Uning faoliyati faqat xizmat vazifalarini bajariş bilan çeklanib qolmagan. Xalq deputatlari Buxoro viloyati va Peşku tumani Kengaşlari deputati sifatidagi faoliyati ham xalq manfaatlari, hududlar taraqqiyoti va aholi turmuş farovonligi bilan boğliq masalalarga daxldorlik hissi bilan yöğrilgan.
Köp yillik samarali mehnati va davlat oldidagi xizmatlari munosib e’tirof etilib, 2019-yilda «Sodiq xizmatlari uçun» medali bilan taqdirlangani ham uning mehnat faoliyatiga berilgan yuksak bahodir.
Albatta, insonning hayotda erişgan yutuqlari, egallagan lavozimlari yoki olgan mukofotlaridan ham muhimroq mezonlar bor. Bu — odamlar orasidagi hurmati, kasbdoşlari e’tirofi, orttirgan hayotiy tajribasi va ezgu işlari bilan qoldirgan izidir. Zero, yillar ötişi bilan lavozimlar özgaradi, davrlar almaşadi, ammo halol mehnat va sadoqat bilan qozonilgan hurmat qadrsizlanmaydi.
Qutluğ sana munosabati bilan viloyat hokimi Botir Zaripov yubilyarni samimiy muborakbod etib, ezgu tilaklarini bildirdi.
E’tirof etilganidek, oltmiş yoş — bu yakuniy manzil emas, balki hayotiy tajriba, donolik va bosib ötilgan yölning qadrini yanada teranroq anglaş davridir.
Şu qutluğ ayyomda Amrillo Nazarovga mustahkam soğliq, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik, yaqinlari mehri va hayotning barça quvonçlaridan bahramand bölib yurişini tilaymiz. Bosib ötgan şarafli mehnat yölingiz, orttirgan tajribangiz va ezgu işlaringiz doimo qadr topsin!
60 yoşingiz muborak bölsin, Amrillo aka!

