Vobkent: köp xonadonli uylar kuz-qiş mavsumiga tayyorlanmoqda
2026-11-02 20:55:00 / Yangiliklar

Bugunga kelib Vobkent tumanida jami qirqtaga yaqin köp qavatli turar joy bölib, ularda 500 tadan oşiq xonadon, 3 ming nafarga yaqin aholi vakili, aksariyati yoş oilalar istiqomat qilmoqda. “Qişloqqurilişinvest” MÇJ buyurtmasiga muvofiq, "Döstlik" mahallasi Ahmad Doniş köçasida umumiy 90 ta yoş oilaga möljallab qurilgan, har biri 5 qavatdan iborat bölgan törtta zamonaviy turar joy binosi ham ayni kunda gavjum köriniş olgan.
Zamonaviy andozada qurilgan va har birida 30 ta xonadonli, ikki va uç xonali xonadonlardan iborat köp qavatli turar joylar “Qişloqqurilişbanki” viloyat filialining ipoteka kredit mablaği asosida 20 yil muddatga imtiyozli tartibda, hatto subsidiya ajratiş orqali ham boşpanaga muhtoj yoş oilalarga rasmiylaştirib berilgan bu turar joylar sönggi rusumdagi muqobil isitiş miniqozoniga ega bölib, xonadonlar ehtiyojiga mos qöllaniladi. Endilikda tuman markazida köp qavatli uylar soni yana köpaymoqda.
Ayni kunda tuman hokimligining quriliş bölimi va tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda “Çarmgaron” MFYdagi Bobur köçasining 89, 91, 93, 94, 95-sonli uylarida, Tadbirkor köçasidagi 51-sonli uyda, şuningdek, Döstlik MFYda Ahmad Doniş köçasining 48-sonli uyi va Töqimaçi köçasidagi 40-sonli turar joyda qator ta’mirlaş-jihozlaş işlari yakuniga yetkazilmoqda.
Aniqroq aytganda, köp qavatli uylar atrofida jami 1 410 kvadrat metr kiriş yölagi betonlaştirilgan bölsa, 5 ta avtoturargoh joyi belgilanib, tartibga keltirilgan. Hududa 3 ta bolalar maydonçasi ta’mirlangani holda köp qavatli uylarning 12 ta kiriş yölagi—dahlizi (podyezdi) ta’mirlangan, hozirda bu turar joylarning elektr taqsimlaş şitlarini talab darajasida saqlaş-ta’mirlaş işlari olib borilmoqda.
Şuningdek, tuman işçi guruhi tomonidan köp xonadonli uylarda yonğin xavfsizligini ta’minlaş, qozonxona va ulardagi dudburonlari şayligiga e’tibor qaratilmoqda. Bu işlar köp xonadonli uylar infratuzilmasini yaxşilaş, umumiy foydalanişda bölgan hududni obodonlaştiriş va aholi uçun qulay yaşaş muhitini yaratişga xizmat qiladi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati



