Olot: "Jayxunobod" mahallasida mehnati bilan tanilgan onaxon bor
2026-10-31 21:00:00 / Yangiliklar

Umurovlar xonadonida 20 sotix yer maydonida issiqxona taşkil etilgan bölib, ayni paytda uning 10 sotix qismida bulğor qalampiri, aççiq qalampir yetiştiriş bilan birga 20 tupdan ortiq limon butasi parvarişlanmoqda. Avgust oyining örtalarida ekilgan 2 ming 500 tup bulğor qalampiri köçati bugunga kelib hosilga kirgan. Har bir tup köçatdan örtaça 2 kilogrammdan ortiq mahsulot oliş közda tutilgan. Natijada keç kuzgi mavsumda 5 tonnadan ziyod hosil yetiştiriş maqsad qilingan.
Yetiştirilgan mahsulotlar xaridorgir bölib, hatto Toşkent şahriga jönatilmoqda. Bir kilogramm mahsulotning sotuv narxi örtaça 15 ming sömni taşkil etmoqda. Bu esa oila uçun munosib daromad manbai böliş bilan birga, tört nafar farzand — Muhammad, Otajon, Norqul va Mansurning doimiy mehnat bilan bandligini ta’minlamoqda.
— Sönggi paytlarda kambağallik, muhtojlik haqida köp gapirilmoqda. Men 75 yoşga kirgan bölsamda, hamon mehnat qilişdan töxtaganim yöq. Imkoniyat bor joyda harakat ham bölişi kerak,—deydi Anvara momo Umurova.—Vaqtni besamar ötkazmasdan, mehnat qilgan inson albatta rözğoriga baraka kiritadi. Bugun tört nafar öğlim oilasi bilan şu issiqxonada mehnat qilib, rözğor tebratmoqda. Men ham ularga boş-qoş bölib, dehqonçilikdagi tajribamni örgatib kelmoqdaman.
Darhaqiqat, bu xonadonda mehnat va tajriba avloddan avlodga ötib, öziga xos ustoz-şogird an’anasiga aylangan. Anvar momoning taşabbusi va ibratli faoliyati mahalladagi boşqa xonadonlar uçun ham namuna bölmoqda. “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi boşliği Saidquli Oqiyev boşçiligida guruh mazkur xonadonda bölib, uy xöjaligi faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Umurovlar oilasining taşabbuskorligi, oilaviy bandlikni ta’minlaş va daromad manbaini yaratiş borasidagi ibratli işlari alohida e’tirof etildi. Aslida, turmuş farovonligi öz-özidan kelmaydi, uning zamirida tinimsiz mehnat, taşabbus, sabr va oila birdamligi mujassam.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati





